Get Mystery Box with random crypto!

​​Oddiy tovarlarni qanday jozibador qilish mumkin? Koʻpchilik | Ansor | blog

​​Oddiy tovarlarni qanday jozibador qilish mumkin?

Koʻpchilik onlayn doʻkonlar mahsulot sotib olganingizda, pochtangizga siyqasi chiqib ketgan xabarni yuboradi: "Sizning buyurtmangiz yoʻlga chiqdi, agar buyurtma yetib bormasa, iltimos, bizga xabar bering. Xaridingiz uchun rahmat".
"CD Baby" mana shu joyda ajoyib yoʻl tutadi va zerikarli xat oʻrniga virusli marketing boʻlib xizmat qiladigan xat tayyorlaydi:
Sizning kompakt diskingiz "CD Baby" tokchalaridan sterillangan qoʻlqop yordamida juda ehtiyotkorlik bilan olindi va satin yostiqcha ustiga qoʻyildi. 50 kishidan iborat jamoa SD sizga joʻnatilishidan avval benuqson ekaniga ishonch hosil qilish uchun uni nazoratdan oʻtkazdi. Yaponiyalik qadoqlovchi mutaxassisimiz sham yoqib, pulga sotib olish mumkin boʻlgan eng yaxshi zarhal chiziq tortilgan qutiga diskni joylayotgan payt jarayonni butun jamoamiz bilan nafas chiqarmay kuzatdik.
Shundan keyin barchamiz bu ishni nishonladik va butun jamoa boʻlib pochta ofisiga yoʻl oldik. Juma kuni, 6 iyun sanasida kompaniyamizga qarashli "CD Baby Jet" samolyotida siz tomon yoʻl olganida esa, butun Portlend ahli buyurtmangizga "Bon Voyage" (oq yo'l) deb qoʻl silkidi.
Umid qilamanki, "CD Baby"da xarid qilayotib, vaqtingizni chog' oʻtkazdingiz. Biz esa bu jarayondan aniq rohatlandik. Sizning suratingiz "Yil xaridori" sifatida devorimizdan joy oldi. Barchamiz toliqqanmiz, ammo “CDBABY.COM”ga yana tashrif buyurishingizni intiqlik bilan kutib qolamiz!!!

Buyurtma tasdiqlangani haqidagi mazkur elektron xatni minglab odamlar boshqalarga yuborgan, qator saytlar va bloglarga joylangan. "CD BABY” asoschisi Derek Sivers mana shu jozibador xat minglab yangi mijozlarni olib kelganini aytgan edi.

Allan Dib, "Bir varaqli marketing reja" kitobidan

@Ansor_blog