Get Mystery Box with random crypto!

San Francisco shaxrida ancha yashab o’rganib olgandan so’ng bi | Angla!

San Francisco shaxrida ancha yashab o’rganib olgandan so’ng birinchi qo’yilgan maqsad bu - kolledj harajatlarini qoplash maqsadida ish topish edi. Ish topish maqsadida juda ko’p dokonlar(go’sht dokonlar), restoranlar va kafelar ham qolmadi.

Hullas, haftalab qidirilgan ish topildi, birinchi bo’lib bir polyak yigitning restoraniga ishga kirdim va u yerda idish-tovoq yuvib 1 haftamni zo’rg’a o’tkazdimi pulimni ham ololmay ishdan bo’shab kettim.

Keginchalik Internet orqali qidirib, bir tsehdan ish topdim, u tseh elektron bozorda o’zi ishlab chiqargan ramkalarini sotardi. Goxida kompressorda, goxida lazerniy printerda, goxida esa skladda narsa tahlab bor ishni qilib ketaverardim. Bizga rahbar bo’gan inson haqiqatta yaxshi ustoz va musofirchilikda ko’p narsani o’rgatgan inson sifatida miyyamizda muhrlanib qoldi.

Oylik. Uncha ko’p pul olmasdik , naqdga ishlaganim sabab, hech qanday hujjatimiz qo’limizda bo’lmaganidan kegin qanchayam olardik tog’rimi? Soatiga tahminan 10$ edi adashmasam.

Uyim bilan ishxonani orasi 1 soatlik yo’l. Darsdan 14:00da chiqilib 15:00 ga ishxonaga borilardi va shu bilan kechasi 22:00 , goxida 23:00 gacha ishlanilardi…

Ajoyib , qiyin lekin qadrli vaqtlar edi ushanda…