Get Mystery Box with random crypto!

Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

Telegram kanalining logotibi anatomiya_uz — Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim A
Telegram kanalining logotibi anatomiya_uz — Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim
Kanal manzili: @anatomiya_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.09K
Kanalning ta’rifi

𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥 𝐭𝐢𝐛𝐛𝐢𝐲𝐨𝐭 𝐨𝐥𝐢𝐲𝐠𝐨𝐡𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐦𝐨‘𝐥𝐣𝐚𝐥𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧.
O‘quv kursimiz: @Anatomiya_oquv_kursi
Media baza: @Tibbiyot_103bot
Reklama xizmati: @Med_reklama
Ma'lumot ulashilganda manba ko‘rsatilsin.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-26 06:39:32 Muvaffaqiyat narxi qancha turadi, bilasizmi? Kech uxlash yoki uyqusiz tunlar; Quyoshdan avval uyg‘onish; Yovvoyi bo‘lish (kam do‘stlar, odamlar orasida kam bo'lish); Tushunmovchiliklar; O‘zingizni hamisha xushchaqchaq tutish; Har kuni sohangizda…
6.1K viewsМуродилла Михлиев, edited  03:39
Ochish/sharhlash
2023-05-25 20:27:12 Muvaffaqiyat narxi qancha turadi, bilasizmi?

Kech uxlash yoki uyqusiz tunlar;
Quyoshdan avval uyg‘onish;
Yovvoyi bo‘lish (kam do‘stlar, odamlar orasida kam bo'lish);
Tushunmovchiliklar;
O‘zingizni hamisha xushchaqchaq tutish;
Har kuni sohangizda bilmaganingizni o’rganish.

Xayrli kech barchaga!

ANATOMIYA_UZ | O‘QUV KURS
5.2K viewsМуродилла Михлиев, 17:27
Ochish/sharhlash
2023-05-24 15:50:38 Assalomu alaykum. Kelinglar, qisqa takrorlash qilamiz. Zerikmadingizmi? Organizmdagi eng uzun vena tomiri qaysi? Uning tana bo‘ylab yo‘nalishi qanday? Bu qon tomirni bilish klinik jihatdan qanday ahamiyatga ega? To‘g‘ri, aniq va batafsil (bitta…
6.4K viewsМуродилла Михлиев, 12:50
Ochish/sharhlash
2023-05-05 20:01:40
Abituriyentlar uchun!
Bu yil ham 5 ta fandan imtihon bo‘ladi!


Majburiy fanlar (savollar - 30 ta):
1. Ona tili (10 ta) — 1,1 ball
2. Matematika (10 ta) — 1,1 ball
3. O‘zbekiston tarixi (10 ta) — 1,1 ball

Maksimal: 33 ball to‘plash mumkin.

Mutaxassislik fanlar (savollar - 60 ta):
1. Biologiya (30 ta) — 3,1 ball
2. Kimyo (30 ta) — 2,1 ball
✓ Yoki teskarisi.

Maksimal: 156 ball to‘plash mumkin.

Jami 90 ta savol, 189 ball.

@Dr_Antibiotic | #Abituriyent_2023
4.4K viewsМуродилла Михлиев, 17:01
Ochish/sharhlash
2023-05-04 10:00:10
Bosh miya nervlari


ANATOMIYA_UZ | O‘QUV KURS
5.1K viewsМуродилла Михлиев, 07:00
Ochish/sharhlash
2023-05-04 10:00:08
Nevrologiyadan bir shingil :)


ANATOMIYA_UZ | O‘QUV KURS
4.5K viewsМуродилла Михлиев, 07:00
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:00:14 O‘TKAZUVCHI YO‘LLAR HAQIDA

Bosh va orqa miyaning oʻtkazuvchi yoʻllari — markaziy nerv sistemasidagi nerv tolalari; tuzilishi va funksiyasiga koʻra yagona morfofunksional sistemaga birlashgan.

Oʻtkazuvchi yoʻllar tashqi va ichki muhit taʼsirotlarini miya hujayralariga (sezuvchi yoʻllar), unda paydo boʻlgan javob reaksiyasini ishchi aʼzolarga yetkazadi (harakatlantiruvchi yoʻllar). Oʻtkazuvchi yoʻllarning koʻp qismi (uzun yoʻllar) orqa miya orqali bosh miya poʻstlogʻiga va, aksincha, poʻstloqdan orqa miyaga, undan aʼzolarga davom etadi. Kalta yoʻllar esa bosh miya sohasida chegaralanadi.

Funksiyasiga qarab neyronlar uchta asosiy guruhga boʻlinadi:
a) qabul qiluvchilar sezuvchi (afferent);
b) bajaruvchi (efferent);
v) tutashtiruvchi oraliq neyronlar oʻrtasida amalga oshiriladi. Ularning hujayralari orqa va bosh miyaning poʻstlogʻidagi kulrang moddasida, nerv tolalari esa ularning oq moddasida joylashgan.

1. Miya poʻstlogʻi bilan orqa miya oʻrtasidagi (piramidal) yoʻl — harakatlantiruvchi yoʻl boʻlib, taʼsirotlar efferent tolalar bosh miya markaz oldi pushtasidan orqa miya kulrang moddasiga va u yerdan nerv tolalari orqali ishchi aʼzolarga boradi. Bu oʻtkazuvchi (erkin harakatni) yoʻl ikki neyrondan iborat.

2. Bosh miya poʻstlogʻi bilan miya poyasidagi yadrolar oʻrtasidagi yoʻl ham ikki neyronli, birinchi neyron miya poʻstlogʻidan boshlanadi, ichki kapsuladan oʻtib, bosh miya nervlari (III, IV, V, VI, VII va IX—XII juft) yadrolarida tugaydi. Ikkinchi neyronlar esa ana shu nerv yadrolaridan III, IV, V, VI, VII va IX—XII juft bosh miya nervlari boʻlib chiqadi.

3. Qizil yadro bilan orqa miya oʻrtasidagi (rubrospinal) yoʻl — bu yoʻl oʻrta miyadagi qizil oʻzakdan boshlanib orqa miyani oldingi shoxiga va muskullarga boradigan ikki neyronli harakatlantiruvchi yoʻldir. Bu yoʻl tana muskullarining avtomatik ishlashini boshqaradi.

4. Orqa miya tuguni bilan bosh miya poʻstlogʻi oʻrtasidagi ogʻriq va haroratni oʻtkazuvchi yoʻl uch neyrondan iborat. Bu oʻtkazuvchi yoʻllarning neyronlari, orqa miya tuguni, orqa miyaning kulrang moddasi, koʻruv boʻrtigʻi va bosh miyaning markaz orqa pushtasida joylashgan.

5. Orqa miya tuguni bilan bosh miya poʻstlogʻi orasidagi chuqur sezgilarni oʻtkazuvchi yoʻl muskul va boʻgʻimlardan boshlanuvchi nerv oxirlari orqali sezgilarni qabul qiluvchi uch neyronli yoʻldir, neyronlari orqa miya tuguni, uzunchoq miya, koʻruv boʻrtigʻi va bosh miyaning markaz orqa pushtasida joylashgan.

6. Orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi va orqa yoʻllar suyak, boʻgʻim va muskullardan iborat boʻlib, orqa miya bilan miyacha oʻrtasidagi oldingi hamda orqa yoʻllar orqali muvozanatga bogʻliq sezgilarni oʻtkazadi.

7. Miyachadagi harakatni tartibga solib turuvchi murakkab refleks yoʻllar muskullar ishini bir meʼyorda tutishni, muvozanatni, muskullar tonusini nazorat qilib turadi. Orqa miya bilan koʻruv doʻmbogʻi oʻrtasidagi yoʻl tananing muallaq holatini taʼminlaydi.

8. Keyingisi eshituv va koʻruv yoʻllari.

#Otkazuv_yollari
#Nevrologiya

@ANATOMIYA_UZ
4.6K viewsМуродилла Михлиев, 05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-30 18:00:35
Yo‘g‘on ichak (intestinum crassum) — ingichka ichakning davomi bo‘lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi:

ko‘richak qismi (caecum);
ko‘tariluvchi qismi (colon ascendens);
ko‘ndalang qismi (colon transversum);
tushuvchi qismi (colon descendens);
S-simon qismi (colon sigmoideum);
to‘g ‘ri ichak (rectum).

Yo‘g‘on ichakning bo‘limlari qorin parda bilan turlicha o‘ralgan:

ko‘richak, ko‘ndalang qismi,
S-simon qismi - introperitoneal (hamma tarafidan o ‘ralgan);

ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi qismlar - mezoperitoneal (uch tarafdan o‘ralgan);

to‘g‘ri ichakning yuqori 1/3 qismi - introperitoneal, o‘rta qismi - mezoperitonal va pastki 1/3 qismi - ekstraperitoneal a’zo hisoblanadi.

Yo‘g‘on ichakning devori quyidagi qavatlardan hosil bo‘ladi:

tunica serosa - tashqi tarafda bo‘lib, seroz qavat deyiladi;
tela subserosa - seroz osti qavati;
tunica muscularis - mushak qavati (stratum longitudinale - bo‘ylama tolalar va stratum
circulare - qisuvchi tolalardan tashkil topgan).
tela submucosa - shilliq osti qavati;
tunica mucosa - shilliq qavatda xususiy mushak tutamlari - lamina muscularis mucosae va yo‘g‘on ichak bezlari - glandulae intestinalis
joylashgan.

Yo‘g‘on ichak bilan ingichka ichak quyidagi hosilalar vositasida o‘zaro farqlanadi:

yo‘g‘on ichakning diametri kattaroq;
yo‘g‘on ichak devorida bo‘ylama mushak - stratum longitudinale tolalarining yig‘ilishi natijasida tasmalar- teniae colli hosil bo‘ladi;
ko‘ndalang mushaklar to‘plami natijasida, yo‘g‘on ichakda pufaksimon kengaymalar - haustra colli bo‘ladi;
yo‘g‘on ichakning tashqi yuzasida seroz parda va yog‘ o‘simtalari - appendices epiploicae uchraydi.


ANATOMIYA_UZ | O‘QUV KURS
5.7K viewsМуродилла Михлиев, 15:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 07:50:31
Bosh miya pushtalari

O‘QUV KURS

ANATOMIYA_UZ
2.3K viewsМуродилла Михлиев, edited  04:50
Ochish/sharhlash
2023-04-28 19:17:25
Qaysi muskul ko‘rsatilyapti?

O‘QUV KURS

ANATOMIYA_UZ
2.9K viewsМуродилла Михлиев, edited  16:17
Ochish/sharhlash