Get Mystery Box with random crypto!

Yo‘g‘on ichak (intestinum crassum) — ingichka ichakning davomi | Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

Yo‘g‘on ichak (intestinum crassum) — ingichka ichakning davomi bo‘lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi:

ko‘richak qismi (caecum);
ko‘tariluvchi qismi (colon ascendens);
ko‘ndalang qismi (colon transversum);
tushuvchi qismi (colon descendens);
S-simon qismi (colon sigmoideum);
to‘g ‘ri ichak (rectum).

Yo‘g‘on ichakning bo‘limlari qorin parda bilan turlicha o‘ralgan:

ko‘richak, ko‘ndalang qismi,
S-simon qismi - introperitoneal (hamma tarafidan o ‘ralgan);

ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi qismlar - mezoperitoneal (uch tarafdan o‘ralgan);

to‘g‘ri ichakning yuqori 1/3 qismi - introperitoneal, o‘rta qismi - mezoperitonal va pastki 1/3 qismi - ekstraperitoneal a’zo hisoblanadi.

Yo‘g‘on ichakning devori quyidagi qavatlardan hosil bo‘ladi:

tunica serosa - tashqi tarafda bo‘lib, seroz qavat deyiladi;
tela subserosa - seroz osti qavati;
tunica muscularis - mushak qavati (stratum longitudinale - bo‘ylama tolalar va stratum
circulare - qisuvchi tolalardan tashkil topgan).
tela submucosa - shilliq osti qavati;
tunica mucosa - shilliq qavatda xususiy mushak tutamlari - lamina muscularis mucosae va yo‘g‘on ichak bezlari - glandulae intestinalis
joylashgan.

Yo‘g‘on ichak bilan ingichka ichak quyidagi hosilalar vositasida o‘zaro farqlanadi:

yo‘g‘on ichakning diametri kattaroq;
yo‘g‘on ichak devorida bo‘ylama mushak - stratum longitudinale tolalarining yig‘ilishi natijasida tasmalar- teniae colli hosil bo‘ladi;
ko‘ndalang mushaklar to‘plami natijasida, yo‘g‘on ichakda pufaksimon kengaymalar - haustra colli bo‘ladi;
yo‘g‘on ichakning tashqi yuzasida seroz parda va yog‘ o‘simtalari - appendices epiploicae uchraydi.


ANATOMIYA_UZ | O‘QUV KURS