Get Mystery Box with random crypto!

​​ Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonida | Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

​​ Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta'lim muassasalari reytingi e'lon qilindi

Reytingda sarhisob qilingan (bitiruvchisi bor) 92 ta OTM quyidagi 4 ta me'zon (20 ta indikator) asosida saralangan:

1. lmiy-tadqiqot faoliyati va taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
2. O‘quv-metodik ishlar faoliyati va oʻqitish sifati;
3. Talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
4. Sportni rivojlantirish.

Unga ko‘ra, umumiy reytingda tibbiyot OTM'lari o‘rni quyidagicha:

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi (7-o‘rin);
2. Buxoro davlat tibbiyot instituti (10-o‘rin);
3. Toshkent davlat stomatologiya instituti (15-o‘rin);
4. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (18-o‘rin);
5. Samarqand davlat tibbiyot instituti (20-o‘rin);
6. Toshkent farmatsevtika instituti (27-o‘rin);
7. Andijon davlat tibbiyot instituti (40-o‘rin);
8. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti (60-o‘rin);
9. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (67-o‘rin).

Professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati bo‘yicha esa natijalar o‘zgaradi:

1. Toshkent davlat stomatologiya instituti;
2. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
3. Toshkent farmatsevtika instituti;
4. Samarqand davlat tibbiyot instituti;
5. Toshkent tibbiyot akademiyasi;
6. Buxoro davlat tibbiyot instituti;
7. Andijon davlat tibbiyot instituti;
8. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
9. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.

P.S. Abituriyentlar qaysi oliygohda o‘qishni tanlashga ikkilansa, shu ko‘rsatkichlarga e'tibor berishlarini maslahat beraman.

@Dr_Antibiotic | #Reyting_2021