Get Mystery Box with random crypto!

Ilm tartibida uyqudan kechmoq, Har qanday lazzatdan azizu afza | Anatomiya.uz | Tibbiy ta‘lim

Ilm tartibida uyqudan kechmoq,
Har qanday lazzatdan azizu afzal.
Tun aro mushkul bir masala yechmoq,
Soqiy sharobidan ustun har mahal.

Qalam qitirlashi bir ajib kuydir,
Oshiq shivirlashi unga yetolmas.
Dars o'yi dunyoda munavvar o'ydir,
O'yki, dunyosidan chiqmas, ketolmas.

Bu baxtga orzu-la bo'lmaydi yetib,
Bu baxtning yo'lida hayollar abas.
Bu baxt topilmaydi uyquga ketib,
Bu baxtning badali bedor bo'lish, bas!

Abulqosim Zamaxshariy

Abdulfattoh Abu G'uddaning “Sahifalar” kitobidan.

@ANATOMIYA_UZ