Get Mystery Box with random crypto!

Amir Temur va tarix📝

Telegram kanalining logotibi amir_temur_mp3 — Amir Temur va tarix📝 A
Telegram kanalining logotibi amir_temur_mp3 — Amir Temur va tarix📝
Kanal manzili: @amir_temur_mp3
Toifalar: Adabiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.18K
Kanalning ta’rifi

🔷️ Assalomu Alaykum Va Rohmatullohi Va Barokatuh Aziz Dindoshim.
🔷️ Kanal Bo‘yicha Har Qanday Savollaringiz Bo‘lsa, Menga Murojaat Qiling: @Djumaev_Shamsiddin
══════════════
🔷️ Admin: @Attoriy
🔷️ Guruh: @Amir_Temur_Mp3_Guruh

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-13 15:57:33
AJOYIB KOLLEKSIYA.
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
6.5K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 12:57
Ochish/sharhlash
2021-01-13 13:17:30
5.6K viewsAli, 10:17
Ochish/sharhlash
2021-01-13 13:17:30
5.2K viewsAli, 10:17
Ochish/sharhlash
2021-01-12 18:08:51 AMIR TEMUR VA ISLOM. (2-Qism)

Movarounnahr tuprog‘idan chiqqan buyuk davlat arbobi, muhtasham imperatorlik asoschisi sifatida Amir Temur shuhrati mustamlakachilarga tinchlik bermasligi turgan gap edi. Shuning uchun ham, ular Amir Temurni qoralashda, yovuz, madaniyatsiz, yirtqich, odam o‘ldirishdan boshqani bilmaydigan shaxs sifatida ko‘rsatishda hech narsadan qaytmadilar.
Chor Russiyasi o‘rnini olgan bol’shovoy mustamlakachilar dinni xalqlar afyuni, deb elon qildilar. Dinga bog‘liq hamma narsani zararli, dedilar. Dindor bo‘lgan odamlarni esi past, dedilar. Shu bilan, Islom asosida dunyoga dong taratgan Movarounnahr madaniyati, davlatchiligi, buyuk shaxslari, jumladan Amir Temur va uning ishlari ham afyun, qoloqlik, dahshat deb vasf etila boshladi. Bora-bora yurtimizga tegishli har bir narsa eskilik sarqiti, qoloqlik, madaniyatsizlik, deb elon qilindi. O‘zimizdan chiqqan sotqin kommunistlar tashabbusi ila madaniyatimiz asosi - harflarimiz ham qoloqlik sababchisi, deb rus harflariga almashtirildi. Qarabsizki, bir kunda asrlar davomida dunyo madaniyatida peshqadam bo‘lgan butun boshli bir aslzoda xalq savodsiz, deb e’lon qilindi. O‘z tarixidan ajradi. Endi, bu sho‘rli «savodsiz» xalq, o‘zining «ilmli» akasidan ilm o‘rgana boshladi. Jumladan, o‘z tarixini ham yangitdan mustamlakachi talqin asosida o‘rgana boshladi. Kommunistlar hech qachon Amir Temurni haqiqiy vasfini qilmas edilar. Dunyo tarixida ularchalik tarixni buzganlar bo‘lmagani bugungi kunda hech kimga sir emas. Ular hamma narsani, jumladan Amir Temurga tegishli tarixni ham xohlagancha buzdilar.
Menimcha, Amir Temur to‘g‘risidagi haqiqatni yashirib, nohaqlikni taralishida asosiy aybdorlar uning merosxo‘rlaridir. Ming afsuslar bo‘lsinkim, Sohibqirondek ulug‘ kishilarni yetishtirib chiqargan bu yurtning keyingi avlodi, o‘z ajdodlariga munosib farzandlar bo‘la olmadilar. Bu nobop farzandlar o‘zlarining buyuk ajdodlarini yetarli darajada avaylab-asrab, e’zozlay olmadilar. Ularni hech bo‘lmasa, dushmanlarning fikriy hujumlaridan, bo‘hton-tuhmatlardan himoya qila olmadilar. Bu ham yetmaganidek Sovet davriga kelib movarounnahrliklarning o‘zlari dushmanlariga qo‘shilib olib o‘z o‘tmishiga, tarixiga, buyuk ajdodlariga, jumladan Sohibqiron Amir Temurga tosh ota boshladilar. Ulardan ba’zilari Gerasimov, Viyatkin kabi mustamlakachi olimlarga shogird tushib, ularning atroflarida girdikapalak bo‘ldilar. Sohibqironni haqorat qilib, go‘rini ochishganda ketmon va belkuraklarni tutib astoydil ishladilar. Amir Temurni bemehr, shafqatsiz shaxs qiyofasida suvratini chizishganda bo‘yoqlarini ushlab turdilar va xursand bo‘lib chapak chaldilar. Ustozlaridan o‘rgangan uydirmalarga o‘zlaridan turli yolg‘on-yashiqni qo‘shib chatib safsata sotdilar.
O‘n oltinchi asrdayoq buyuk ingliz dramaturgi Kiristofer Marlo tomonidan «Sohibqiron Temurman» tragediyasi yozilib, Londonda har yili teatr mavsumi shu asar bilan boshlanishi odat bo‘lganiga qaramay, o‘zimizda Buyuk vatandoshimizni yomonlash bilan ovora bo‘lindi.
Davomi bor...
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
5.5K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 15:08
Ochish/sharhlash
2021-01-10 18:52:47
TAVBA QILGAN FOLBIN O‘ZINING AYANCHLI HAYOTINI AYTIB BERDI.

VIDEONI ALBATTA KO‘RING. INSHAALLOH, MANFAATLIDIR.
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
5.4K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 15:52
Ochish/sharhlash
2021-01-10 06:40:51
AMIR TEMURNING USTOZLARI HAQIDA.
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
6.4K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 03:40
Ochish/sharhlash
2021-01-07 09:33:23 AMIR TEMUR VA ISLOM. (1-Qism)
 
Dunyodagi boshqa yurtlar qatori ko‘hna Movarounnahr tuprog‘ida ham qanchadan qancha hokimlar, podshohlar o‘tgan. Bu yurtda hukmronlik qilgan podshohlarning asli tub aholidan bo‘lganlari ichida Sohibqiron Amir Temurdek zabardasti, shuhratlisi, keng va qudratli, ko‘rkam va davomli davlatga ega bo‘lgani yo‘q. Shuningdek, Amir Temurdek nohaq ravishda ko‘p tanqidga uchragani, orqasidan so‘kish eshitgani, turli salbiy sifatlar bilan sifatlangani ham bo‘lmasa kerak. Ushbu maqolada biz u kishining keng va qudratli hamda ko‘rkam va davomli davlat sohibi bo‘lishining ba’zi sabablari haqida to‘xtalmoqchimiz.
Asosiy maqsadga o‘tishdan avval qisqacha bo‘lsa-da, turli salbiy sifatlari bilan sifatlanishiga sabab bo‘lgan ba’zi omillar haqida fikr bildiraylik. Avvalo, shuni aytish kerak-ki, Amir Temur o‘z zamonasining odami bo‘lgan, o‘sha vaqtdagi hukm uchun kurashganlar o‘ylagan o‘ylarini o‘ylagan, aytgan gaplarini aytgan, qilgan ishlarini qilgan.
Qisqa qilib aytganda o‘zi yashagan zamon taomiliga ko‘ra ish ko‘rgan. Ehtimol, ushbu taomilda boshqalardan ustun bo‘lgani uchun ko‘pchilik zamondosh podshohlar ustidan g‘olib kelgandir. Hamma urush qilganidek, Amir Temur ham urush qilgan, lekin urushni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq qilgani uchun ko‘proq g‘alabaga erishgan. Amir Temur ham boshqa podshohlarga o‘xshab, o‘ziga qarshi ko‘tarilgan isyonlarni shafqatsiz ravishda bostirgan, bu ishda balki boshqalardan ko‘ra qattiqqo‘lroq bo‘lgandir. Amir Temurning boshqa tasarrufotlarini ham shunga taqqoslab chiqish mumkin. Lekin, nima uchun boshqalardan ko‘ra Amir Temur ko‘proq tanqid qilingan? Nima uchun uni dunyodagi eng vahshiy, eng qonxo‘r, eng zolim podshohlardan biri sifatida ta’rif qilib kelingan? Albatta, bunday bo‘lishining o‘ziga yarasha omillari bor. Ehtimol tarixchilarimiz bu savollarga atroflicha javob berarlar.
Bizningcha, bunday bo‘lishining sabablaridan biri - Amir Temurning arab yerlariga qilgan yurishlari hamda Usmonli turk sultoni Boyazid Yildirimni yengib, asir olishidir. O‘sha davrda bu ikki taraf, ya’ni arablar va usmonli turklar o‘ziga xos tashviqot markazlari bo‘lib, dunyoga xohlagan fikrlarini yoyish, targ‘ibot qilish imkoniga ega bo‘lganlar. Amir Temurdan zarba yegan bu ikki taraf uni madh eta olmasliklari tabiiy edi. Shuning uchun ham arab va usmonli turk tarixchilari o‘sha qadim zamonlardan tortib hozirgacha Amir Temurni so‘kib, tanqid qilib turli salbiy sifatlar bilan sifatlab kelmoqdalar. Ushbu ikki tarafning o‘sha paytlardagi fikriy dunyoda tutgan o‘rni va roli juda ham katta edi. Aynan shu omil dunyoda Amir Temur haqida salbiy fikrlarni keng tarqatishga sabab bo‘lgan omillardan biri bo‘lsa ajab ermas. Adolat yuzasidan aytish lozimki, turk tarixchilari oxirgi davrda bu ishga ancha chek qo‘ydilar.
Ovrupodagi buyuk uyg‘onishdan keyin sharq hamma narsada g‘arbga qaram bo‘la boshladi. Har bir narsada g‘arbning aytgani aytgan, degani degan bo‘ladigan bo‘ldi. Harbiy, siyosiy ustunlik samarasi o‘laroq madaniy va ilmiy sohada ham Ovrupo ustunligi boshlandi. Jahongir Amir Temurning yurti Movarounnahr Rus istilosi ostida qoldi. Rus istilosi o‘z qo‘l ostidagi yurtlarni past, xalqlarni qoloq hisoblash asosida ish olib bordi. Ruslar hech qachon, biz kechagina hech gap emas edik, endi safga qo‘shilib qoldik, deya olmas edilar. Balki, o‘z mustamlakasi bo‘lganlarga, siz hech kim emassiz, biz sizlarga ilm-ma’rifat, fan-madaniyat o‘rgatgani keldik, deyishardi. Ular bu da’volarining puch ekanligini yashirish maqsadida tarixni buzib ko‘rsatishga zo‘r berar edilar. O‘z navbatida bu ish, Movarounnahrning islomiy tarixini buzishga, soxtalashtirib, qoloq qilib ko‘rsatishga harakat qilishardi.
Davomi bor...
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
6.0K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 06:33
Ochish/sharhlash
2021-01-06 15:51:46
ALLOH Meni yaxshi ko'radimi??
@Amir_Temur_mp3
5.4K viewsAli, edited  12:51
Ochish/sharhlash
2021-01-03 10:43:20
Uning oldida nima tiz cho'kmadi,
U qanchalik baland bo'yli edi.
Uning qilichiga ham, aqliga ham bardosh berolmadi.
Jang maydonlari uning bilagiga chiday olmadi,
Qal'aning darvozalari unga qarshi tura olmadi,
Ismi Temur, Nomi Sohibqiron edi!

Ne dizli kaldı diz çökmeyen önünde,
Ne boylu kaldı boyun eğmeyen.
Ne kılıcı ile baş edilebildi, ne zekâsıyla.
Bileğine dayanamadı savaş meydanları,
Aklına karşı duramadı kale kapıları,
Adı Timur, namı Sahibkırandı!
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
6.3K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 07:43
Ochish/sharhlash
2021-01-02 09:21:33
Buyuk Temur imperiyasi "Mening nabiram tug'ilishi sharafiga (Uluğbegim) Mordin xalqini kechiraman. Ular qiyomatgacha qutqaruvchisining muborak ismini unutmasliklari kerak." Muhammad Tarag'ay Ulug‘bek, Ibn Shohrux, Ibn Temur!"

Büyük Timur İmparatorluğu "Torunumun doğumunun şerefine, (Uluğ Beğ) Mardin halkinı bağışlıyorum. Kendi kurtarıcılarının mübarek adını kıyamete kadar unutmasınlar. "Muhammad Tarağay Uluğbey, İbn Şahruh, Ibn Timur!"
══════════════
: @Djumaev_Shamsiddin
: @Amir_Temur_mp3     
══════════════
6.0K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, edited  06:21
Ochish/sharhlash