Get Mystery Box with random crypto!

E-e-e, o'qib olim bo'larmiding?! Kitob o'qishdan nima foyda? | AMERIKA ORZUSI

E-e-e, o'qib olim bo'larmiding?! Kitob o'qishdan nima foyda?

Xo'sh, sen bunday savol berib shoshma, jiyan. Kel, men senga kitob o'qishni foydalari haqida faktlar keltirib beraman.

1. Sen uchun eng qiziq statistikadan boshlayman:
"Statistika maʼlumotlariga koʻra, umuman kitob oʻqimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi". O'zing tushunib olaver.

2. Ha, yana bir sen uchun kerakli ma'lumot:
"Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi koʻrinishini ham goʻzallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va oʻz bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi". Bu ham sen uchun juda kerakli ko'nikma, ishon.

3. Xotirang bilan muammo bormi? Kitob o'qi!
Har doim kitob o'qir ekansan, kitobning syujeti va syujetlari, qahramonlar va ularning munosabatlari, voqea sodir bo‘lgan muhit haqida tonnalab ma’lumotlarni eslab qolishing kerak. Bu juda ko'p ma'lumot va bu yangi ma'lumotlarning barchasi yangi xotiralarni yaratadi. Har bir yangi xotira sinapslarni hosil qiladi yoki eskilarini mustahkamlaydi. Shu yo'l bilan, kitob o'qish sening xotirangni ham yaxshilaydi.

4. Muloqot mahoratingni oshiradi.
"Bir tadqiqot ish beruvchilarning 69 foizi samarali muloqot kabi "soft" ko'nikmalarga ega bo'lgan odamlarni yollashga intilayotganini aniqladi". Bu degani ish beradigan insonlar sening muloqot mahoratingga ham ahamiyat beridi. Kitob o'qish esa sening so'z boyligingni va yozuvchilik ko'nikmangni rivojlantiradi. Shunday ekan, kitob o'qi!

5. Kitob o'qish - stressni ham kamaytirdi, jiyan.
"Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, atigi 30 daqiqa o'qish qon bosimingini, yurak urish tezligini va ruhiy bezovtalik hissini kamaytirishi mumkinligi isbotlangan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, hatto 6 daqiqa o'qish stress darajasini uchdan ikki qismdan ko'proq kamaytirish uchun etarli bo'lishi mumkin". Bu degani, kitob o'qish - stressni kamaytirishda sayr qilish, bir piyola choy yoki qahva ichish va video o‘yinlar o‘ynashdan ancha afzal degani. Siqilib qolgan bo'lsang ham kitob o'qi, jiyan.

Endi nima deysan, jiyan? Men atiga 5ta ma'lumot keltirdim, hozir bu post izohida obunachilarim kitob o'qish haqida mendan-da qiziqarli ma'lumotlarni keltiradilar. O'qish kerak, ishon.

Kitob o'qi! Olim bo'lmasang ham, hech bo'lmasa odam bo'lasan, jiyan.

https://t.me/otabekblogs1

//www.instagram.com/umirqulov_otabek?r=nametag