Get Mystery Box with random crypto!

Bu post siz uchun emas agar jamiyatdagi muammolarga qiziqmasan | AMERIKA ORZUSI

Bu post siz uchun emas agar jamiyatdagi muammolarga qiziqmasangiz.

Gender inequality mavzusi hozirgi vaqtda taxlil qilishga majbur qilayotgan mavzulardan biri desam adashmagan bo'laman. Chunki bu mavzuni ko'pchilik feminism bilan adashtirishadi va oxir oqibat tushunmovchilik xolatlari kuzatiladi. Bu mavzuni bugun sizlarga personal qarashlarim bilan ochib berishga xarakat qilaman.

Gender equality bu - ayol va erkakning teng xuquqligidir. Gender equality mavzusi feminism dan butkul farq qiladi. Ya'ni feminismda asosiy mavzu ayollar bo'lsa, bu yerda main fokus erkaklar va ayollardadir. Hozirgi kunda nafaqat bir davlat, balki butun dunyo bu muammoni xal qilishga xarakat qilmoqda va O'zbekiston ham ular qatorida. Oxirgi yangiliklarni o'qib shuni ayta olamanki, O'zbekistonda ham gender equality mavjud. Agar fikrimga qarshi chiqmoqchi bo'lsangiz oxirgi yangiliklarni bir eslang:

-To'yda kuyov kelinni ommani oldida urdi ammo kelin kuyovni oila tinchligi uchun kechirdi;
-Erkak ayolini farzandining tagligini vaqtida alishtirmagani uchun farzandning axlatini yeyishga majbur qildi va farzandini onasi qanday axlat yeyayotganini videoga olishga majburladi;
-Ota-onasining majburlashi sababli erta turmush qurboni bo'lgan qizlar statistikasi yildan yilga oshib bormoqda;
-Avtobus va metrolarda qizlarga jismoniy tegajog'lik statistikasini o'qisangiz singliz yoki opangizni ko'chaga chiqargingiz kelmaydi.

Bu muammolar faqatgina ommaga ko'rsatilgani. Oiladagi zo'ravonliklar bilan yashayotgan ayollar soni qancha? Oilam, farzandim uchun deb har kuni kaltak tagida yashaydigan qizlar qancha? Agar atrofimda bunday qizlar yo'q desangiz qishloqlarga boring. Gender tenglik mavzusini o'shandagini yaxshiroq xis qilishingiz mumkin.

Ammo aytib o'tganimdek gender equality faqat ayollar to'g'risida emas. Erkaklarga nisbatan bo'layotgan violence lar ham yetarlicha. Hozircha gender tengligi Uzbekistanda mavzusini Google ga berib ko'ring. Agar bu ma'lumotlarga ishonmasangiz atrofingizga qarang. Agar umrida biror martta qiz bola bo'lgani uchun erkaklarga nisbatan pastroq ko'rilgan, ota-onasi tomonidan nimagadir majbur qilingan, ko'chada yomon 'insonlar' sababli kechasi yurishga qo'rqqan, ishga joylashishda faqat qiz bola bo'lgani uchungina ishga olishmagan qizlarni uchratmagan bo'lsangiz siz yer sayyorasida yashamaysiz. O'sha 'marsangizda' ko'zlaringizni maxkam berkitib o'tirishda davom eting.