Get Mystery Box with random crypto!

TUGALLANMAGAN GESHTALT yoxud yo'lingizni nima to'syapti? Tug | Amaliy psixologiya

TUGALLANMAGAN GESHTALT yoxud yo'lingizni nima to'syapti?


Tugallanmagan geshtalt – o'tmishda oxirigacha yetkazilmagan voqealar, munosabatlar, rejalar, istaklardir. Ularni ongli tarzda eslab yurmasangiz ham, ongsiz ravishda ularning ta'sirida yurasiz.
Tugallanmagan geshtaltlar oldinga harakat qilishimizga halal beradi, chunki sharoitlar o'zgargan taqdirda ham, psixika o'tmishdagi vaziyatni qayta takrorlash orqali uni tugatmoqchi bo'ladi. Natijada yangi hayotga qadam qo'yib bo'lmaydi.

Masalan, otasi tashlab ketgan ayol o'z erini doim nazoratda tutishga harakat qiladi, garchi rashk qilishga sabab qoldirmasa ham. Aslida ayol otasiga o'z noroziligini bildirishi kerak edi, chunki geshtalt otasi bilan ochilgan.

Tugallanmagan geshtalt qanday yuzaga keladi?
1. Biror narsani qattiq xohlaganimizda, lekin qo'lga kiritolmaganimizda.
2. Munosabatlar tushunarsiz holda yoki hissiyotlar ko'pirgan vaqtda uzilgan bo'lsa.
3. Boshlagan ishingizni, kitobingizni, uchrashuvni, suhbatni oxiriga yetkazmagan bo'lsangiz.
4. Biror ishni muvaffaqiyatli yakunlangach, natijadan rohatlanishga o'zingizga imkon bermagan bo'lsangiz.
Avval xavotir, notinchlik his qilasiz. Keyin diqqatingizni istagan narsangizga qaratolmaysiz. Bosh og'rig'i, qon bosimining beqarorligi, uyqusizlik bezovta qiladi. Oxir oqibat depressiya, surunkali kasalliklarni orttirib olishingiz mumkin.
Bir oyni mayda muammolarni hal qilishga sarflang: santexnika ishlari, uy tozalash, singan narsalarni tashlab yuborish va hokazo.
Muhimi, ichingizdagi hissiyotlarni ifodalashga o'rganing. Nimadir demoqchimisiz, ayting. Bo'lmasa, bu hislar ta'siridan chiqilmaysiz.
@Amaliy_psixologiya