Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz | Bugun

Telegram kanalining logotibi amaldauz_bugun — Amalda.uz | Bugun A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_bugun — Amalda.uz | Bugun
Kanal manzili: @amaldauz_bugun
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 442.28K
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2024-03-29 15:12:28
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani tog‘li Bog‘ichorbog‘ qishlog‘ida qor yog‘moqda

Amalda.uz Telegram kanali
35.0K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-03-29 09:47:05
Xitoy gigantizmi Shansi provinsiyasidagi quyosh elektr stansiyalari misolida.

Bir hududdagi deyarli barcha tepaliklar panellar bilan qoplangan — ularning maydoni 6000 futbol maydoniga tengdir. Loyihaning qiymati ¥8,8 milliard.

Bu joydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, hatto ulkan pandalar ko'rinishida joylashtirilgan stansiya ham mavjud.

Amalda.uz Telegram kanali
14.4K views06:47
Ochish/sharhlash
2024-03-29 08:00:36
Prezident Namanganda yashovchi 108 yoshli Ibrohimjon Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini sovg‘a qildi

Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan prezident nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini tuhfa qildi.

Amalda.uz Telegram kanali
20.3K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-03-28 20:27:34
2,78 soniyada 100 km tezlik, kutilganidan arzon narx: Xiaomi ilk elektromobilini taqdim etdi

SU7 sedani 3 xil versiyada 9 xil rangda ishlab chiqariladi. Yangi model komplektatsiyasiga qarab bir martalik quvvatlanish bilan 700—830 km masofa bosib o‘ta oladi.

Narxi esa komplektatsiyasiga qarab 29900 dan 41500 dollargacha. Avvalroq SU7 ning narxi 69 ming dollargacha bo‘lishi aytilgandi.

Amalda.uz Telegram kanali
34.9K views17:27
Ochish/sharhlash
2024-03-28 17:09:14
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv bir kunga to‘xtatiladi

ToshIEM issiqlik stansiyasiga (M-5,8) ulangan joylarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari;
• Navoiy, Bobur, Glinka, Qumariq, Yahyo Gʻulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari;
• M-1,2,4,5,7 Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi.

Amalda.uz Telegram kanali
40.2K viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2024-03-28 12:38:05
Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan 30 kungacha boʻlishi mumkin

Qozogʻiston Senati Oʻzbekiston fuqarolarini Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

Shunday qilib, har ikki davlat (Oʻzbekiston va Qozogʻiston) oʻz fuqarolarining bir birining hududida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlish muddatini 5 kundan 30 kungacha oshirishdi.

Amalda.uz Telegram kanali
39.8K views09:38
Ochish/sharhlash
2024-03-28 09:26:04
Poytaxtning Chilonzor tumanida kuchli shamol esishi natijasida daraxt sinishi kuzatilgani aytilmoqda

Avtomobillarni daraxt ostida qoldirmaslik tavsiya qilinadi.

Amalda.uz Telegram kanali
37.6K viewsedited  06:26
Ochish/sharhlash
2024-03-28 08:11:43
O‘zbekiston fevral oyida 1,3 mlrd dollarlik oltin sotdi

Qimmatbaho metallar mamlakat eksportining 36,3 foizini tashkil qilmoqda.

Batafsil — https://amalda.uz/caa8728fbd

Amalda.uz Telegram kanali
31.4K views05:11
Ochish/sharhlash
2024-03-28 07:50:57
Qozog‘istonning Aqtobe, Aqmola, Kostonay, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida suv toshqinlari kuzatildi

Suv bosgan, toshqin kuzatilgan hududlarda aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Amalda.uz Telegram kanali
32.9K views04:50
Ochish/sharhlash
2024-03-27 16:39:39
Open budjet

Amalda.uz Telegram kanali
49.9K views13:39
Ochish/sharhlash