Get Mystery Box with random crypto!

Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qoʻyganlar jarimaga tortilmoqda | Amalda.uz | Bugun

Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qoʻyganlar jarimaga tortilmoqda

Yil boshidan beri “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bogʻliq 247 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorugʻ vaqtida chiroqlarni yoqib qoʻyish) holatlari uchun javobgarlik mavjud. Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming soʻm) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming soʻm) miqdorda jarima, agar bu 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Amalda.uz Telegram kanali