Get Mystery Box with random crypto!

'Eh, oyi, oyi! Siz uchun haliyam goʻdakman - nima uchun tizzan | Alternative | 19

"Eh, oyi, oyi! Siz uchun haliyam goʻdakman - nima uchun tizzangizga bosh qoʻyib yigʻlay olmayman? Nima uchun har doim sipo va jiddiy boʻlishim kerak? Axir, mening ham yigʻlagim, yupatuvchi soʻzlarni eshitgim keladi-ku. Rostdan ham goʻdakman-da hali: kalta boʻlib qolganim ishtonim, ana, javonda turibdi. Shu ishtonda chopib yurganlarim kechaginamasmidi, qayoqqa ketdi oʻsha damlar, oyi?"

"Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq" asarida mana shu iqtibos ostiga chizib qoʻygan ekanman. Bir varaqlayotib koʻzim tushib qoldi. Paul Boymerga askarlik taʼtili berilgach, bir muddat uyida boʻladi. Kitobning ana shu qismi judayam taʼsirli yoritilgan. Ona farzandi frontga qaytib ketadigan oqshomda oʻgʻlining xonasiga kirib tonggacha yonida oʻtirib chiqadi... Ana shu joyida yuqoridagi iqtibos yozilgan. Qachondir koʻnglimga nimadir sigʻmay qolsa, hamma narsadan bezor boʻlsam onamning tizzasini quchoqlab yigʻlagim keladi. Endi yigʻlash qoʻlimdan kelmasligini ham sezaman. Inson yigʻlab turishni ham bilishi kerak...

Demoqchi boʻlganim, onalar millat tanlamaydi. Onalar hamma joyda bir xil. Onalar hamma yaxshi narsalarni farzandiga ilinib, yomonini oʻziga olsam deydi. Onalar oʻzi oʻlar holda boʻlsam ham bolam deydi.

@alternative_idea