Get Mystery Box with random crypto!

'Qarzga olingan umr' - Remarkning kitoblari chiqishini poylab | Alternative | 19

"Qarzga olingan umr" - Remarkning kitoblari chiqishini poylab yuraman. Bugun ham chiqishi bilan yugurib bordim. Hammaning "oʻzining" yozuvchisi boʻladi-ku, menda shu negadir Remark. Asarlarini haddan ziyod yaxshi koʻraman. Tarjima yaxshi deb umid qilaman, "Jannatdagi soyalar" daqa boʻlmasa boʻldi... Remarkning kitoblarini, "ancha qotgan" erkak tarjimon qilsa yaxshiroq edi, menimcha. Podadan oldin chiqarmaymiz, oʻqib chiqib xulosa qilgan maʼqul. Yaxshi deb umid qilaman)

"Diktaturadan demokratiyaga" - Jin Sharp. Siyosatshunoslikda oʻqiganim uchunmi, bunaqa mavzudagi kitoblarga koʻz yuma olmayman. Nomi ham oʻziga tortaveradi. Hajmi kichik ekan, oʻqishim kerak boʻlgan, ilmiy kitoblarim koʻp boʻlgani uchun shuni tanlay qoldim, moʻjazgina tuyuldi. Qanday tarzda yoritgan, oʻqisak bilamiz buyogʻini. Diktatura, avtokratiya mavzulari men uchun doim qiziq va aktual, qarashlarimning boyishiga foyda berar. Dizayn ma'qul tushdi, qizil rang!

@alternative_idea