Get Mystery Box with random crypto!

D VITAMINI HAQIDA QISQACHA (Bilingan va Bilinmaganlar) D vit | Alsidrah

D VITAMINI HAQIDA QISQACHA
(Bilingan va Bilinmaganlar)


D vitamini vitamin deyilsa ham, aslida garmon vazifasini bajaradi. Ya’ni garmon bilan birga ishlaydigan vujud uchun muhim vitamin.
D vitaminining vazifalari: qondagi kalsiy miqdorini muvozanatlash, kalsiyni suyaklarga yuborish, qon-bosimini muvozanatlash, qondagi fosfor miqdorini to‘g‘irlash vhkz.
D vitamini hujayra ichiga ta’sir qilib ishlaydi. U immun tizimining koordinatori hisoblanadi.Vujudimizga virus kirganda immun tizimiga signal jo‘natib, uni ishga tushiradi, undan keyin, tozalovchi hujayralarni chaqiradi. D vitamini vujudning himoya qatlamini tashkil qiladi.

D vitaminining yetishmasligini alomatlari: suyak va mushaklarning zayifligi, hafa his qilish(depressiya), og‘riqqa yengillik, surunkali milk kasalligi, yuqori qon-bosimi, doimiy charchagan va uyqu holida bo‘lishlik, ruhiy xolatning tez-tez o‘zgarishi, kuchsizlashish, oshqozon-ichak muammolari, boshning terlashi, allergiyalar, suyaklarning tez sinishi, tomir tortishishi, kuchsiz mushaklar, mushak og‘riqlari(xossatan tizzalarda va beldagi og‘riq), qondagi shakar miqdori muammolari, qondagi kalsiy miqdori kamligi (yoki K2ga bog‘liq ko‘pligi), ruhiy havotir, semizlik, raxitizm, osteoporoz, surunkali charchoq, tez-tez infektsiyali kasal bilan kasallanish, yaralarni sekin tuzalishi, unutuvchanlik, hazm qilishda muammolar, soch to‘kilishi, yurak-qon tomir sog‘lig‘ining buzilishi, erkaklik disfunktsiyasi, suyak erishi, suyaklardagi mo‘rtlik.

Homiladorlikda D vitamini ahamiyati: homiladorlikda D vitamini yetishmasligi preeklampsiya, vaqtli tug‘ruq, homilador qandli diyabeti va tug‘ruqdan keyingi depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Yetarli miqdorda bo‘lsa, chaqaloqlarda astma bo‘lish havfi kamayadi, suyaklari mustahkam bo‘ladi.

D vitamini va K vitamini aloqasi: D vitamini vujudda K vitamini yetarli bo‘lmaganda, o‘z ishini to‘liq bajara olmaydi. D3 K2 bilan birga olinganda D vitaminini qondagi kalsiy metabolizmasini tartiblab beradi. Ya’ni kalsiyni qon tomirlarda emas, suyaklarga haydab beradi. K vitaminining D vitamini bilan birga ishlashidan tashqari, kalsiy va qon quyuqlashishi orasidagi muvozanatni saqlash uchun muxim hisoblanadi. (Qonda kalsiy ko‘payib ketsa, tiqilmalar vujudga keladi, suyaklar mo‘rtlashib ketadi.)
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, D vitamini K vitaminiga bog‘liq proteinlarni ishlab chiqarishi uchun signal jo‘natadi va buning natijasida suyaklarni mineralizatsiyasi va qon tomir sog‘lig‘i yaxshilashadi.
D vitaminlari orasida eng yaxshisi D3 shaklidir. K vitaminlari orasida eng yaxshisi K2 shaklidir. Ikkala vitamin ham yog‘da emiladigan vitamin hisoblaniladi.
Yosh katta bo‘lgan sari vujuddagi K vitamini kamayib borishi sababli kattalar D vitaminini K vitamini bilan birga qabul qilishligi kerak.
Ba’zi tadqiqotchi doktorlar esa, hozirgi ekologik buzuq sharoit sabab bolalarda ham K vitamini kamligi kuzatilayotgani Shu sabab bolalalarga ham K vitamini berilishi kerakligini aytishadi.
Yaponiyada yosh bolalar ustidan o‘tqizilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshligida K vitamini qo‘shimchasi berilgan bolalarning, kelajakda osteoporozga chalinish havfi kamayganligi kuzatilgan.

Quyoshdan D vitamini olish uchun shartlar:
1-Vujudni yopadigan kiyim va kremlarsiz quyoshlanish.
2-Ba’zi doktorlarga ko‘ra, quyosh UVB nurlarini qaysi paytta sochsa o‘sha payt, Boshqa bir qancha doktorlarga ko‘ra, quyosh nurlari tikka tushadigan 12-3 orasida 30-60 daqiqa quyoshda toblanish.
3-Quyosh vannasidan keyin 2 soat cho‘milmaslik, cho‘milganda ham faqatgina oddiy suv bilan ishqalanmasdan, faqat dush olish.

D vitaminining qondagi miqdori va Kunlik doza:
D vitamining qondagi miqdori 70-100ng/ml bo‘lishi kerak.
Kunlik doza esa, har 1 kg uchun 100-125IU/ME qabul qilinadi.
(K2 1kg uchun 2mcg).
Qabul qilayotgan D vitaminingizning tarkibi va bir tomchi/kapsulasida qancha IU/ME borligiga qarab hisoblab olasiz.
Yog‘da parchalanib, emiladigan vitamin bo‘lgani sabab ertalab, yog‘li nonushta bilan birga iste’mol qilinadi.

D vitamining yon effekti: