Get Mystery Box with random crypto!

Koʻpincha qutqaruvchilarni avariya boʻlgan joylarga, mashina i | Allamjonov Aybdor

Koʻpincha qutqaruvchilarni avariya boʻlgan joylarga, mashina ichida qolib ketgan odamlarni chiqarib olish uchun chaqirtirishar edi

Biz bu vaziyatlarni efirda koʻrsata boshladik. Orada DAN xodimlarining kamchiliklarini ham gapirib oʻtadigan boʻldik. U paytda FVVga vazir qilib Baxtiyor Subanov tayinlangan edi

Oldin Ichki Ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida DAN sohasini nazorat qilgan Subanov xuddi sobiq hamkasblaridan oʻch olayotgandek boʻlib qoldi.

Vazir Matbuot xizmati boshligʻi lavozimiga oʻzining odamini qoʻydi. Yangi rahbarim menga efirda oʻlim holatlarini koʻrsatishni va IIVni tanqid qilishni taqiqladi

Men esa «xoʻp» deb, baribir oʻz bilganimdan qolmadim. Nimani lozim topsam, efirga beraverdim. Bu IIV vaziri Almatovga tegib ketibdi.

«Sening koʻrsatuvlaringni deb, IIVning boshida kaltak sindi, Prezident apparatidan gap eshitishdi», — deyishardi menga.

Toshkent shahar IIBga Allamjonovning ovozini oʻchirish buyurildi. «IIBdagilar choʻntagingga nasha tashlab qoʻyib, qamatmoqchi», — degan gap qulogʻimga yetib keldi. Odatda yaxshilikcha koʻnmaydiganlarni shunday jazolashardi.

allamjonov.com
@allamjonov_aybdor_bot

#AllamjonovAybdor
#АлламжоновАйбдор