Get Mystery Box with random crypto!

Onamni chaqirtirib, shartta: «Oʻgʻlingiz institutdan haydaldi» | Allamjonov Aybdor

Onamni chaqirtirib, shartta: «Oʻgʻlingiz institutdan haydaldi», — deb eʼlon qilishdi. Oʻsha yerning oʻzida hushlaridan ketib qolmasinlar ishqilib, deb qoʻrqib turdim

Oyim bilan Kosmonavtlar xiyobonidan jimgina yurib ketyapmiz. Kayfiyat rasvo. Sekin gap boshladilar:
Mayli, Komiljon. Bildim, sendan katta odam chiqmas ekan. Oʻzi rabochiyning bolasi rabochiy boʻlar ekan-da. Hechqisi yoʻq, hozir adangning ishxonalariga boramiz, seni oʻzlariga yordamchi qilib oladilar.
Hunarli boʻlish ham yaxshi narsa. Moshina tuzatib non topasan
.

Undan koʻra, tarsaki tushirganlari ming marta yaxshi edi . Onamning bor umidlari mendan, menga ishonardilar. Men boʻlsam shuni bilib turib, pand berdim

allamjonov.com
@allamjonov_aybdor_bot

#AllamjonovAybdor
#АлламжоновАйбдор