Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyada Markaziy Bank raisi etib Hafize Gaye Erkan tayinland | Allaev Uz (16 )

Turkiyada Markaziy Bank raisi etib Hafize Gaye Erkan tayinlandi.

Erdogan hukumati yangi besh yillikni oldingi mandat siyosatidan chekinish bilan boshladi. Moliya va iqtisod bilan bog'liq asosiy postlar erkin bozorga asoslangan, liberal reformalar tarafdorlariga topshirilmoqda. Hafize Gaye Erkan mamlakatda Markaziy bankni boshqargan ilk ayol bo'ladi.

U AQSHning Priston Universitetini tugatgan, shuningdek Harvard va Stenfordning turli dasturlarida qatnashgan. Portfolioda AQSHning yirik banklaridan tortib, Tiffany Coning direktorlar kengashigacha bor ekan.

O'qib chiqdim, CV haqiqatdan zo'r.

Erdogan Markaziy bank faoliyatiga aralashuvdan voz kechadimi va qayta moliyalashtirish stavkasi bozor narxlariga qaytadimi degan savolga javobni vaqt ko'rsatadi.

@allaevuzb