Get Mystery Box with random crypto!

All_Qolb

Telegram kanalining logotibi all_qolb — All_Qolb A
Telegram kanalining logotibi all_qolb — All_Qolb
Kanal manzili: @all_qolb
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

@Shams_aldiyn
@AllQolb_bot
@IqtibosVaqti

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-03-29 11:33:01
Суфён ибн Уяйна раҳимаҳуллоҳ дедилар:
"Яхши ва ёмонни билган кимса оқил эмас. Бироқ яхшини билиб, унга эргашган ҳамда ёмонни билиб, ундан четлашган киши оқилдир".

@All_Qolb
1.4K views08:33
Ochish/sharhlash
2023-03-28 21:33:01 Vahb ibn Munabbih rahimahulloh dedi: “Albatta dunyo va oxirat xuddi ikki ayoli bor erkak kabidir. Ulardan birini rozi qilsa, ikkinchisi jahl qiladi”.

• Ibn Rajabning “Jamiʼul ulumi val hikam” asaridan

@All_Qolb
785 views18:33
Ochish/sharhlash
2023-03-28 20:33:01
- Xiyonat nima?
- Moʻmin kishi xiyonat qilmaydi!

@All_Qolb
998 views17:33
Ochish/sharhlash
2023-03-28 19:33:01 Laylaklar hech qachon keksa laylaklarga hujum qilmas ekan. Patlari qalin qargʻa oʻzidan zaif boʻlgan qargʻani sovuqdan himoyalar ekan. Fillar qanchalik kuchli boʻlmasin, biror dushman hujumiga uchrasa, avvalo toʻdadagi yarador va kuchsiz fillarni xavfsiz joyga olib oʻtishar ekan...

Ajablanarlisi nima, bilasizmi?
Ajablanarlisi, ular yaxshi va yomonni ajratolmaydi. Ularda mana bu ish savob, bunisi esa gunoh boʻladi, degan tushuncha yoʻq. Ular bu ishlarni biror mukofot uchun yoki eʼtirof eshitish uchun bajarmaydi. Ular hech qachon "hayvongarchilik qildim", deb bir-biriga maqtanishmaydi... Men... Men jonivorlarni juda-juda hurmat qilaman...

• Bayram ALI, «Men bilgan ochun»

@All_Qolb
1.2K views16:33
Ochish/sharhlash
2023-03-28 14:33:01
Kulgandan “nega kulyapsan” deb soʻralmaydi. (baʼzan)
Ammo koʻz yosh toʻkkandan yigʻlash sababi soʻraladi.

Sen ham duolaringda koʻz yosh toʻkkinki, Robbing sababini soʻrasin.

• Mavlono Rumiy

@All_Qolb
1.5K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-03-28 12:33:01
Aslida, amaldan ham koʻra, uni qabul boʻlmasligidan qoʻrqish ogʻirroq.

• Molik ibn Dinor rohimahulloh

Izoh: Yaʼni, amal qilish qiyinmas, uni qabul boʻladigan qilib qilish qiyin.

@All_Qolb
1.5K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-03-27 16:33:01 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ogoh boʻling, albatta dunyo va undagi narsalar laʼnatlangandir. Faqatgina Allohning zikri, shunga yaqin narsalar hamda ilm beruvchi va ilm oluvchilar bunday emas».

• Imom Termiziy rivoyati
(Abu Hurayra roziyallohu anhudan)


@All_Qolb
1.1K views13:33
Ochish/sharhlash
2023-03-27 14:33:01
Qancha-qancha qisqa vaqtli rohatlarni tuydik..
Oxiri uzun pushaymonlar boʻldi...

@All_Qolb
1.4K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:33:01
Biz qornimiz ochsa, qachon ovqat yeyishimizni bilamiz. Bas, qorinlari ochib qachon ovqat yeyishni bilmaydiganlarni oʻylanglar!

• Umar ibni Xattob roziyallohu anhu

@All_Qolb
662 views07:33
Ochish/sharhlash
2023-03-27 08:33:01 ​Chirigan jamiyatning birinchi alomati:

- axloqli boʻlishni emas, axloqli koʻrinishga harakat qiladi,
- oʻzi axloqli boʻlishni emas, boshqalar axloqli boʻlishini kutadi.

Va eng asosiy shiori: "oʻzim yaxshi boʻlmasam ham boshqalarni yaxshi boʻlishini istayman."

Masala ham shunda: Boshqalar ham shunday fikrlaydi va bu narsa aylanaveradi, aylanaveradi. Oxiri hech kim ahloqli boʻlmasdan boshqalarni ahloqli boʻlishini kutadi. Mana sizga tayyor ikkiyuzlamachi jamiyat.

• Emrah Safa Gurkan, "Voz kecholmaydigan odatlarimizni kelib chiqishi" kitobidan

– Biz musulmon jamiyatining oʻz dini Islomimizga koʻra esa, bu xorlikdan uzoq boʻlamiz. Agar amal qilib borsak.

@All_Qolb
897 views05:33
Ochish/sharhlash