Get Mystery Box with random crypto!

ALISHER_NAVOIY_GAZALLARI_SHERLAR

Telegram kanalining logotibi alisher_navoiy_gazallari_sherlar — ALISHER_NAVOIY_GAZALLARI_SHERLAR A
Telegram kanalining logotibi alisher_navoiy_gazallari_sherlar — ALISHER_NAVOIY_GAZALLARI_SHERLAR
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

📌 Murojaat Uchun: @Djumaev_Shamsiddin
📌 Admin: @ALISHER_NAVOIY_ADMIN
📌 Markaziy Kanal: @Amir_Temur_Mp3
📌 Kanal boti: @ALISHER_NAVOIY_bot
Bizning you tube kanalimiz:
https://youtube.com/channel/UCTPyyOfeEZxLzEBmEKqNSWQ

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-30 20:00:05 Alisher Navoiy | Ashraqat min...
Ijroda: Shamsiddin Jumayev.

* * *
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb, jomdin chiqdi sado.
G‘ayr naqshidin ko‘ngil jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,
Jom o‘lur getinamo, Jamshid, ani ichkan gado.
Jom-u may gar bo‘yladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.
Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.
Toki ul maydin ko‘ngil jomida bo‘lg‘ach jilvagar
Chehrayi maqsudi mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.
Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichkarim,
Jom-u may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado.
Sen gumon qilg‘andin o‘zga jom-u may mavjud erur,
Bilmayin naf etma bu mayxona ahlin, zohido.
Tashnalab o‘lma Navoiy, chun azal soqiysidur,
“Ishrabu, yo ayyuhal-atshon” kelur har dam nido.
══
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
39.4K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 17:00
Ochish/sharhlash
2021-01-29 19:34:43

ALISHER NAVOIY RUBOIYLAR

* * *

KO‘Z BIRLA QOSHING YAXSHI

Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla suzing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayoging yaxshi.

* * *

GAR OSHIQ ESANG

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu dafiga davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g‘ayri rizo qilma havas.

* * *

UMRI AZIZ

Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas,
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.

* * *

XUSHLUQ

Kim ko‘rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir ulsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

* * *

JONIMDAGI «JIM»

Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,
Andin sung “alif” toza niholingga fido,
Nuni dogi anbarin xilolingga fido,
Qolgon iki nuqta ikki xolingga fido.
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
55.7K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 16:34
Ochish/sharhlash
2021-01-26 19:54:46

KO‘RGANIMDUR SUBHNING

Ko‘rganimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokrok.

Bu ko‘ngul g‘amnokidin to shodmon ko‘rdum seni,
Istaram har damki, bo‘lg‘ay xotirim g‘amnoknok.

Layli andin qo‘ydi Majnun ko‘nglida raxti g‘anim,
Kim, yo‘q erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.

O‘yla mujgon xanjarig‘a yopishibdur durri ashk,
Kim, magar andin yatime yo‘qturur bebokrok.

Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yo‘q bandadin cholokrok.

Odamiyliq tufrog‘in bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yo‘qtur kishi ahli vafodin xokrok.  

Necha o‘qlasang Navoiy ko‘ngli zaxminroq bo‘lur, Ko‘rmaduk zaxmeki tikkan soyi bo‘lg‘ay chokrok.
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
44.7K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 16:54
Ochish/sharhlash
2021-01-26 19:52:13

KO‘Z QONIDIN DEMA

Ko‘z qonidin dema, etagim lolavordur,
Kim, ko‘hi darning etagi lolazordir.

Har lola bir axgar erur, lek siynaso‘z,
Qay ko‘hi dard aro bu sifat lola bordur.  

Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila,
Yuz za’faroni ichra ko‘zim lolakordur.

El poymol etarlar uzub dasht-u tog‘ aro,
Baskim, yuzing guli qoshida lola xordur.  

Qon ichra g‘arq bag‘rim aro dog‘-u dasht uza,
Bekasligim chog‘ida manga lola yordur.  

Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki, subh yeli lolabordur.  

Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, o‘t, Ko‘z qonidin dema etagim lolavordur.
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
43.3K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 16:52
Ochish/sharhlash
2021-01-26 19:50:21

GULRUXI RA‘NOQADIM

Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib,
Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib.  

Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon,
O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.

Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.

Zaf’ vaqti ko‘yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.

Tutmadim bo‘g‘zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.

Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko‘k jomi to‘la,
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib.

Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini, Lutf qilding, jonni andan, ani jondin qutqorib.
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
39.6K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 16:50
Ochish/sharhlash
2021-01-26 19:43:32

TIFLLAR TOSHIKI

Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora, Bo‘ldi savdog‘a savodi a’zam andin har qora.

Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin angla tanimni gar ko‘k o‘lmish, gar qora.

Dema ko‘nglung lavhig‘a yozg‘il xirad oyinini,
Baski qo‘yding dog‘i ishq ul safhadir askar qora.

Panjayi hurshidni go‘yo qora etmish kusuf,
To qiliptur ilgin ul huri paripaykar qora.  

Dudi ohimdin, demaykim, zor jismim so‘zidin,
Kulki bo‘lmish o‘t tushib kuygan kabi bistar qora.

Umr yo‘q juz tiyralik, isyondakim, hayvon suyi,
Istamakdan ro‘zg‘orin topti Iskandar qora.

Chun Navoiy ishq aro komillig‘in sabt ettilar,
Bo‘ldi baskim, ahli ishq ot yozdilar mahzar qora.
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
38.6K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 16:43
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:32:47 Alisher Navoiy Qalamiga Mansub Qisqa Ga‘zallar So‘raganlar Uchun. Marhamat
37.7K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, edited  18:32
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:29:18

BOQING.

Bu shakl birla jahon buzmog‘i yaqin gar emas,  
Ulusda har taraf oshubu ibtilog‘a boqing. 
Bu bog‘ gullarini yerga sochmayin qo‘ymas,  
Xazon yelini ko‘rung, charxi bevafog‘a boqing. 
Navoiy o‘ldi jamol ahlidin vafo topmay,
Ne bo‘ldi bir nazar ul zori benavog‘a boqing. 
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
43.9K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 18:29
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:29:18

KO‘RUNG.

Bu yig‘ochning, shoxini xam aylagon borin ko‘rung. 
Umr davrining baqosin bilmaganlar, har taraf  
Suvda yomg‘ur nuqtasining davri pargorin ko‘rung. 
Eyki, ko‘rmaysiz bino ahli fano tufrog‘ig‘a,
Soyasida men bo‘lur vayrona devorin ko‘rung. 
Demangiz, hajr asru zaxm etmish Navoiy jismini,
Jismida zaxmicha yuz jonida ozorin ko‘rung. 
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
42.7K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 18:29
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:29:18

O‘RTAMAK.

Xalq o‘lub oshiq sanga, men o‘rtanurmen, vah, necha  
Elga solg‘an o‘t bila men notavonni o‘rtamak?! 
Charx ohim o‘qidin yuz ming to‘shukdur, ey ko‘ngul, 
O‘rtamak joni hamuldur parniyonni o‘rtamak. 
Ne uchun kul bo‘ldi o‘t, ashjor o‘tun, sunbul tutun,  
Istamaydur gar falak bu bo‘stonni o‘rtamak? 
Solma o‘t ushshoq jonig‘a Navoiy borida,
Ne uchunkim yaxshidur avval yamonni o‘rtamak. 
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770
42.5K viewsShamsiddin Nizomiddinovich, 18:29
Ochish/sharhlash