Get Mystery Box with random crypto!

GULRUXI RA‘NOQADIM Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar bo | ALISHER_NAVOIY_GAZALLARI_SHERLAR



GULRUXI RA‘NOQADIM

Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib,
Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib.  

Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon,
O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.

Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.

Zaf’ vaqti ko‘yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.

Tutmadim bo‘g‘zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.

Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko‘k jomi to‘la,
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib.

Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini, Lutf qilding, jonni andan, ani jondin qutqorib.
══════════════
Kanal manzili:
@Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
Kanal muallifi:
@Djumaev_Shamsiddin
Kanal administratori:
@OYBEK_8770