Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Navoiy g'azallari va ruboiylari

Telegram kanalining logotibi alisher_navoiy_gazal — Alisher Navoiy g'azallari va ruboiylari A
Telegram kanalining logotibi alisher_navoiy_gazal — Alisher Navoiy g'azallari va ruboiylari
Kanal manzili: @alisher_navoiy_gazal
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.23K
Kanalning ta’rifi

Assalomu Aleykum. Bizning bu kanalda siz buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning qilgan ijodlaridan namunalarni topishingiz mumkin.
👥Kanalga obuna bo'ling.
Reklama uchun: https://t.me/ -2bHu90XZ_AzMDhi

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0

Oxirgi xabar 2

2022-10-27 05:20:23 *  *  *
Furqat sahari gʻamgʻa yoʻliqturdi meni,
Hijron kuni yuz balogʻa topshurdi meni.
Gʻam shomi oʻlum holigʻa yetkurdi meni,
Tong otqucha uyqusizligʻ oʻlturdi meni.

Kanalga kirish
60.9K viewsedited  02:20
Ochish/sharhlash
2022-10-21 04:41:47 *  *  *
Laʼlingni qilib nuktasaro, ey qarokoʻz,
Ishq ahli hayotigʻa yaro, ey qarokoʻz.
 Chekma yana surma koʻz aro, ey qarokoʻz,
El jonigʻa qilma koʻz qaro, ey qarokoʻz.

Kanalga kirish
56.0K viewsedited  01:41
Ochish/sharhlash
2022-02-23 14:23:01 *  *  *

Жонимдоғи «жим» икки долингға фидо, 
Андинг сўнг «алиф» тоза ниҳолингға фидо, 
«Нун»и доғи анбарин ҳилолингға фидо, 
Қолғон ики нуқта икки холингға фидо.

Kanalga kirish
45.4K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-02-23 14:23:01 RUBOIY

Yuz mehnat - u g'am ko'ngluma yetkurdi firoq ,
Jonimg'a balovu dard o'qin urdi firoq .
Jismimni fano o'tig'a kuydurdi firoq ,
Chun kuydi , kulini ko'kka sovurdi firoq .

Kanalga kirish
44.4K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-02-23 14:23:01 Rahmat hammangizga
43.2K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-02-23 14:23:01 RUBOIY

Ko'nglumni g'am - u dard ila qon ayladi ishq ,
Ko'z yo'lidin ul qonni ravon ayladi ishq .
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq ,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq .

Kanalga kirish
41.9K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-02-23 14:23:01 #Gazal

Lolagun to‘n ichra…

Lolagun to‘n ichra, yo Rab, ul g'azoli Chin erur,

Yo ko‘zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur.

Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g'azol,

Lolagun to‘n ichra yoxud ul g'azoli Chin erur.

Aylamish guldasta bandi sun to‘n-u jismidin,

San’atekim arg'uvon bargi aro nasrin erur.

Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg'in alif,

Belmu yo toreki, la'l ichra anga taskin erur.

Ko‘nglum ichra soldi ul to‘n aks yoxud bo‘ldi qon,

Xalq ko‘nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to‘la tutkim, ko‘ngul,

Ul buti gulgunqabo bedodidin g‘amgin erur.

Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to‘n kiydi yor,

Basdur ul to‘n rangi ne muhtoji qatl-u kun erur.

Dema tog'-u lola dahr ichra — ajal qaploni bil,

Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog' rangin erur.

Kanalga kirish
41.1K views11:23

39.4K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-02-23 14:23:01 #Gʻazal

Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,

Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.
 
Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.

Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,

Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.

Firoq tog‘ida topilsa tuprog‘im, ey charx,

Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.

Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngillarni,

Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.

Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,

Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.

Yuzida terni ko‘rib o‘lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
 
Navoiy, anjumane shavq jon aro tuzsang,

Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il

Kanalga kirish
37.6K views11:23
Ochish/sharhlash