Get Mystery Box with random crypto!

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Telegram kanalining logotibi alimuhammad_hasan — Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog A
Telegram kanalining logotibi alimuhammad_hasan — Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog
Kanal manzili: @alimuhammad_hasan
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.07K
Kanalning ta’rifi

•Broaden your horizon.
•Dunyoqarashingizni kengaytiring.
Founder of:
-Muslih (Books)
CEO of:
-Yuksalish Kokand
(Leaders academy)
-Abu Dhabi Kokand (Education&consulting)
@Ali_Muhammad_Hasan_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 09:49:39
Bugundan in shaa ALLOH @Yuksalish_leaders_academy oilasi a'zolari bilan suhbatlarni boshlaymiz.

Endi Yuksalish liderlar akademiyamizga sharoit, masofa uzoqligi kabi sabablarga ko'ra kela olmayotgan uka-singillarimiz ham Yuksalishda o'tilayotgan darslardan bahramand bo'lishlari mumkin.

Bu tashkil etiladigan suhbatlar markazlarimizni muvaffaqiyatli bitirib ketgan o'quvchilarimiz o'rgangan bilimlarini takrorlashlari uchun ham foydali deb hisoblaymiz.

Yangilikni yaqinglaringizga ham ulashing va biz bilan birgalikda yuksaling!

Hurmat bilan,
Yuksalish liderlar akademiyasi jamoasi

@Muhammadali_Eshonqulov
930 views06:49
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:00:17
Topishmoq

Rasmda ikkita oq, ikkita qora shlyapali odamni koʻryapsiz. Ular jami 4 ta shlyapaning ikkitasi oq, ikkitasi qora rangda ekanligini bilishadi. Faqat hech kim oʻzining boshidagi shlyapa rangini bilmaydi.
Yordam:
- 1- faqat 2- va 3-odamni koʻradi;
- 2- faqat 3-odamni koʻradi;
- 3- va 4-odam hech kimni koʻrmaydi.

Diqqat! Kim birinchi boʻlib oʻz shlyapasi rangini topadi?
970 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 04:43:11 Muvaffaqiyatli hayot tarzi tongdan boshlanadi, baraka ham tongda. Lekin afsuski insoniyatni aksar qismi uyqu bilan ovora, afsus...

Ummat shu zaylda uhlashda davom etar ekan, rivojlanish ortga surulib boraveradi.

Allohim bizlarni g’ayratlilar, shijoatlilar, va qat’iyatlilar safida bardavom qilgin.

Assalamu alaykum.

@AliMuhammad_Hasan
1.1K views01:43
Ochish/sharhlash
2022-08-26 04:23:43
Odob – boylikdir, uni ishlata bilish – komillikdir. Aql bilan har bir ish isloh qilinadi, hilm bilan har bir yomonlik kesiladi.

«Unvanul bayan» kitobidan.

@AliMuhammad_Hasan
1.1K views01:23
Ochish/sharhlash
2022-08-26 03:46:48
Jumʼa muborak azizlarim!
Barchangizga ikki dunyo saodatini va yaxshiliklarini, Allohu Kariymdan soʻrab qolaman!
Ilohim, koʻzlagan xayrli maqsadlaringizga erishtirsin, bugungi ulugʻ kunning fayz-barokatidan barchamizni rizqlantirsin!


@AliMuhammad_Hasan
5.7K views00:46
Ochish/sharhlash
2022-08-25 16:11:42 Qaysi kitobni o’qishimni tavsiya qilasiz?

So’rab qolishadi shaxsiyda.

Maqsad? Deb so’rayman.

-Hayotimni o’zgartirish. (Katta burilish qilish)

“Odam yozgan bir dona kitob hayotimni o’zgartirib yuboradi” deb o’ylashlik — soddalik.

Odamni kitob o’zgartirmaydi, kitob o’qish o’zgartiradi.

Kuniga yarim soat doimiy o’qish 5 yilda seni umuman boshqa odamga aylantiradi

Qanday kitobligini farqi yo’q

Boshlanishiga — qiziq bo’lsa bo’ldi

Yangi kitobxonlarning ko’pi, “boy ota”, “robin sharma”, “alkimyogar” “karnegi” lardan boshlaydi.

O’qishning mazasini tushungach, qiyinroq, chuqurroq mavzularni xohlab qoladi:

Taleb, Grant, Gladwell, Chaldini, Isakson, Tohir Malik…

3-4 yil o’tib, buyam oddiylik qiladi, qanday qilib ruhiyat, ilm-fan, klassika, tarix, geosiyosat, Navoiy, Rumiy va sanoat dizayni haqida o’qishni boshlaganini o’zi ham sezmay qoladi.

Bu — ensiklopedik o’qish deyiladi. Dunyoqarashni va natijada odamni, aynan shunday o’qish o’zgaritadi.

Lekin kitob o’qishdan yakuniy maqsad o’zgarish emas. Bu o’zgarish hali foydalimi yo’qmi, noma’lum.

Yakuniy maqsad — kutubxonadagi hech qaysi kitobdan qo’rqmaydigan darajaga chiqish.

Bundan maqsad esa:

Biron voqea, kasb, mavzu qiziqtirdimi — 3-5 ta kitob o’qib, tushunib olish. Natijada doim kerakli kadr, tadbirkor, do’st yoki suhbatdosh bo’lib qolish.

O’zgarish esa shunchaki — bonus.

-Aziz Rahimov

@AliMuhammad_Hasan
1.3K views13:11
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:35:16 Тўрт нарса 4 нарса туфайли қўлдан кетади!

1. Ризқ - ношукурлик қилсанг.
2. Қувват - ҳасад қилсанг.
3. Фурсат - қадрига етмасанг.
4. Обрў - манманлик қилсанг қўлдан кетади.
1.1K views03:35
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:23:17
1. Oldingizga maqsad qo'yishingizning o'zi orzularingizni reallikka aylantirishdagi birinchi qadamdir.

Toni Robbins

2. Kimligingizni bilishni istaysizmi? Hech kimdan so'ramang. Shunchaki harakat qiling va sizning harakatingiz kimligingizni ko'rsatadi.

Tomas Jefferson

3. Nimagadir erisha olmasligingizni uqtiradigan odamlar ikki xil bo'ladi: birinchisi, o'zlari sinab ko'rishdan qo'rqadiganlar, ikkinchisi, siz eplay olishingizdan qo'rqadiganlar.

Rey Gofort

4. Motivatsiya bizga harakat qilishga yordam bersa, odat esa uni muntazamligini ta'minlaydi.

Jim Ron

5. Agarda nima xohlayotganingni bilmasang, oxir-oqibat o'zing xohlamagan insonga aylanasan.

Chak Palanik

@AliMuhammad_Hasan
1.3K views07:23
Ochish/sharhlash
2022-08-24 03:22:17
Dangasalikni yengmas ekansiz, orzularga yetolmaysiz...

Bekorchilik insonning oʻz hayotidan koʻngli toʻlmasligiga sabab boʻlar ekan.

Har doim izlanishda boʻling. Yangi bilimlarni, tillarni oʻrganing va eng asosiysi maqsad bilan yashang bu maqsadingiz sizga har tong uyqudan uygʻonishingizga, u tomon harakat qilishingizga va hayotdan zavq olib yashashingizga yordam beradi.

Oʻz hayotingizni oʻzingiz qiziqarli qiling.

Assalamu alaykum

@AliMuhammad_Hasan
1.8K views00:22
Ochish/sharhlash
2022-08-23 06:02:12 ​​Oʻz-oʻziga ishonch qanday paydo boʻladi?
 
Hayotda shunday odamlar boʻladiki, ular magʻrur, boshini baland koʻtarib, ertangi kunga ishonch bilan va hayotdan nima istashini aniq bilgan holda yashaydi. Agar siz bunday baxtli odamlar qatorida boʻlmasangiz, hayotga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartirish va oʻzingizga ishonishni boshlashning ayni vaqti. Biz esa bunga yordamlashamiz??

Avvalo hayotga, muammolaringizga va qiyinchiliklarga oddiy qarashga oʻrganing, har doim oʻzingizga ayting va maqsad qilib qoʻying:

“Yechib boʻlmaydigan masalalar yoʻq! Mening qoʻlimdan keladi! Bu oddiy-ku! Faqat biroz vaqt kerak va hammasi yaxshi boʻladi!” Juda oddiy boʻlib koʻrinsa-da, lekin maqsadni toʻgʻri belgilash – bu 70% muvaffaqiyat demak.

Oʻz imkoniyatlaringizga ishonishni boshlang!

Yana bir xato – oʻz kuchiga va mahoratiga ishonmaslik. Biz koʻpincha oʻzimizni biznikiga oʻxshagan muammolarini yecha olmagan boshqa odamlarga solishtiramiz. Oxirida aytamiz: “Uning qoʻlidan kelmagan, demak, mening ham qoʻlimdan kelmaydi”.

Lekin kimdir oʻz muammosini hal qila olmagan boʻlsa, u holda sizda ham xuddi shunday boʻlishi mumkinligi asossiz fikr. Chunki har bir odam boshqalarga oʻxshamagan oʻziga xos bilim va qobiliyatga ega.

Oldingi muvaffaqiyat va gʻalabalaringizni koʻproq eslang

Maktab yoki talabalik yillaringizni eslaysizmi? Balki siz musobaqalarda va olimpiadalarda qatnashgandirsiz? Oʻtmishdagi tajribalaringizni hozirgi paytga koʻchirishga harakat qiling.

Har doim oʻz oldingizga maqsad qoʻying, rejalar tuzing, ularni bajarishga muddat belgilang, toʻxtab qolmang va shu tariqa oʻzingizga hurmat paydo boʻladi.

@AliMuhammad_Hasan
1.6K views03:02
Ochish/sharhlash