Get Mystery Box with random crypto!

Alimardon Toshpo'latov | Blog

Telegram kanalining logotibi alimardon_blog — Alimardon Toshpo'latov | Blog A
Telegram kanalining logotibi alimardon_blog — Alimardon Toshpo'latov | Blog
Kanal manzili: @alimardon_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Front end kursimizga qabul boshlandi. 🥳
👇👇👇👇👇
https://frontend-alimardon.netlify.app/

Ratings & Reviews

3.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


alimardon_toshpulatov
alimardon_toshpulatov

Very good👍


Oxirgi xabar 3

2022-05-25 13:09:59 Dasturlashning inson salomatligiga ta'siri.

• Toʻgʻri, dasturchilarning fikrlash qobiliyati boshqa odamlarnikidan ajralib turadi. Lekin bu ular boshqalarga qaraganda aqlliroq, mantiqiy fikrlashi yaxshiroq va oqilona degani emas. Biroq, yaqinda olimlar dasturlashning miyaga ta'sirini o'rganishni boshladilar va qiziqarli xulosalarga keldilar.

• Dasturlash fikrlash qobiliyatingizni shakllantiradi.

• Maʻlum boʻlishicha, siz oʻrgangan birinchi dasturlash tili sizning fikrlash usulingizning shakllanishiga katta taʻsir koʻrsatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, siz oʻrganadigan birinchi dasturlash tili maʻlumotlar va algoritmlar tuzilishiga qanday munosabatda boʻlishingizga kuchli taʻsir qiladi.

• Dasturlash faqat matematika va mantiqiy fikrlash degani emas.

• 2014-yilda MRT tasvirlari yordamida tadqiqot oʻtkazildi. Olimlar kod bilan ishlaydigan dasturchilarning miya faoliyatini kuzatdilar. Maʻlum boʻlishicha, manba kodini oʻylash bilan band boʻlgan inson miyasining asosan tilni qayta ishlash, xotira va e'tibor uchun javobgar boʻlgan sohalari faollashgan. Qizig'i shundaki, miyaning matematik hisob-kitoblar uchun mas'ul bo'lgan sohalaridagi faoliyat kamdan-kam hollarda qayd etilgan.

• Kod yozish jarayoni inson miyasi salomatligiga ijobiy taʻsir oʻtkazadi.

• Miyani koʻpincha mushakka oʻxshatishadi va uning yaxshi ishlashi uchun uni doim mashq qildirib turish kerak deyiladi. Bu aniq toʻgʻrimi? Agar shunday boʻladigan boʻlsa, dasturlash miya salomatligiga taʻsir etish uchun yetarlimi?

• O'tkazilgan tadqiqotlarning birortasi ham aqliy faoliyat sizni aqlliroq yoki qobiliyatliroq qila olishini isbotlamadi. Ammo, aqliy mehnatni talab qiladigan vazifalar miya salomatligiga yaxshi taʻsir oʻtkazib, asab tizimi kasalliklari rivojlanishiga sezilarli tarzda toʻsqinlik qila olishini tasdiqladi.

@alimardon_blog
49 views10:09
Ochish/sharhlash
2022-05-20 13:08:59
Amerikalik Bill Gayts haqida gaplashamiz

- Kichikligidan Bill dasturlash ishtiyoqiga ega bo'lgan va ushbu sohada o'z mahoratini faol rivojlantirgan. Kompyuter fanlari kabinetida o'spirin kun va tunni o'tkazgan. 13 yoshida Geyts o'zining birinchi dasturini -"X 0" o'yinini yaratdi.

- Microsoft kompaniyasining asoschisi. 2008 yil 27-iyunida oxirgi kuni bo'lgan xozirda Kompaniya ishlariga ummuman aralashmaydi.

- Billning katta bobosi qonunshunos va xokim(mer), bobosi shtatdagi davlat banki vista prezidenti, otasi esa advokat edi

- 2019-yil.Uning boyligi $100 milliarddan oshgan

- Bill Gates exson qilish bo'yicha dunyo rekordini o'rnatdi

- Har sekundda Bill Geyts 250$ mablag' topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga 7,8$ milliard

@alimardon_blog
49 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-05-14 13:01:46 Siz uchun 8 ta kerakli maslahatlar!

1) Boshqalar uxlayotgan paytda o'qing!

2) Boshqalar orzu qilayotgan paytida tayyorlaning!

3) Boshqalar kelishib qaror qabul qilganda, siz boshlang!

4) Boshqalar orzu qilayotganida siz ishlang!

5) Boshqalar isrof qilganda, siz esa tejang

6) Boshqalar gapirayotganda siz buni tinglang!

7) Qolganlar g'azablanganda siz jilmaying!

8) Boshqalar ketayotganda siz esa davom eting!

@alimardon_blog
43 views10:01
Ochish/sharhlash
2022-05-12 12:59:59
Farzandlaringiz bilan birga o'yin o'ynang!

– Bu xolat ko'pchilik uchun notanish va noodatiy tuyilishi mumkin. Lekin o'yin o'ynash miyya faoliyatini ikki barovarga kuchaytiradi va fikrlash doirasini kengaytiradi.

– Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, o'yin o'ynovchi bolalarning miyyasi boshqa tengdoshlarinikiga qaraganda, ikki baravar yaxshi ishlaydi. Chunki ular ham o'yinni boshqaradi, ham barmoqlarni

– Ayniqsa oilaviy o'yin o'ynashlar esa bola uchun yana ham kattaroq quvonch va qaysidir ishga motivatsiya bo'ladi.

@alimardon_blog
39 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-05-10 12:57:59 Dasturlash sohasida jamoa qanchalik muhim ahamiyatga ega?

Dasturchi uchun frilanser bo‘lib ishlash yaxshi! – Ammo jamoa bo‘lib ishlashning o‘zgacha o‘rni, muvaffaqiyati, zavqi bor. Agar, siz professional dasturchi bo‘lsangiz, portfolioingiz ham juda zo‘r bo‘lsa, sizni jamoada ishlashga taklif qilishsa, avvallari o‘zingiz ishlagan bo‘lsangiz, qiynalishingiz mumkin.

Qolaversa, jamoa bo‘lib ishlashda jamoaviy, yirik va katta loyihalar olishingiz, sohada o‘z obro‘ingizni ma‘lum bir darajada oshirishingiz va yuqoriroq maoshga ega bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, jamoa bo‘lib ishlashda umumiy suhbatlashishni, o‘zaro muloqot, muhokamalarni o‘rganishingiz, tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganasiz.

@alimardon_blog
34 views09:57
Ochish/sharhlash
2022-05-06 10:52:00
Yaxshi javob bo'libdi

@alimardon_blog
39 views07:52
Ochish/sharhlash
2022-05-05 10:51:00 Barchamizda iqtidor bor. Lekin baliqni daraxtga tirmashib chiqish qobiliyati bor-yo‘qligi masalasida muhokama qilsangiz, u o‘zini bir umr lapashang his qilib o‘tadi.

Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh u farrosh bo‘lsin, xoh – universitet rektori.

Tasavvur bilimdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qachonlardir tushanadigan, bilib oladigan narsarni ham qamraydi.

Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi.

Odam yosh bo‘lgan paytda yolg‘izlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari uning ilhombaxsh kuchi ortadi.

Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.

Buyuk shaxslar go‘zal nutqlar vositasida emas, o‘z mehnatlari va ularning natijalari orqali shakllanadi.

Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undanda ko‘proq ertak o‘qib bering.

Bilimni o‘zlashtirish qobiliyatimdan ko‘ra fantaziya qobiliyatim men uchun qadrliroq.

Erishgan barcha yutuqlarim alohida aql sohibi ekanimdan emas. Men masalalarni yechishda uzoq vaqt taslim bo‘lmayman.

Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma’no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.

Bizni ezgu o‘y va amallarga yo‘llovchi yagona vosita – buyuk va ma’naviy pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani o‘rgatishning yagona oqilona yo‘li – misol keltirishdir.

Shuhratim oshgani sari siyqalanib boryapman. Afsuski, bu – juda keng tarqalgan holat.

Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab ko‘rmagan bo‘ladi.

Agar mavzuni oson tushuntira olmasangiz, demak uni yetarli darajada bilmaysiz.

Agar odam jazodan qochish yoki mukofot olish uchungina tartib-qoidalarga rioya qilsa, buning hech bir yaxshi jihati yo‘q.

Aqliy o‘sish tug‘ilgandayoq boshlanishi va faqat o‘lim paytidagina to‘xtashi kerak.

Bizning dunyoimiz yashash uchun xavfli joy. Ayrimlar yomonlik qilayotgani uchun emas, qolgan barcha buni jim kuzatib turgani uchun.

Tabiatga yaxshilab nazar soling, shunda ko‘p narsalarni chuqurroq anglaysiz.

Birinchi galda o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘rganib olish zarur. Shundan so‘ng boshqalarga o‘xshamagan holda o‘ynay boshlaysiz.

Men hamisha shunday fikrdaman: mening ichki va tashqi hayotim olamdan o‘tib ketgan va hozir tirik bo‘lgan boshqa odamlarning fikrlari, ishlariga asoslangan. Men ulardan olgan va olayotgan darajada o‘zimdan ma’naviy meros qoldirishim kerak.

Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi.

Biz muammoni yaratgan fikrlash tarzimiz bilan uni hal eta olmaymiz.

Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bog‘langan bo‘lishingiz kerak.

O‘zingni xursand qilishning eng yaxshi yo‘li – boshqa birovga quvonch baxsh etishdir.

Ba’zida bir savol meni o‘ylantirib qo‘yadi: men ahmoqmanmi yoki mendan boshqa hamma?

Tinchlikka kuch bilan erishib bo‘lmaydi. Uni faqat murosa bilangina qo‘lga kiritish mumkin.

Ommaga ergashgan odam undan o‘zib ketolmaydi. O‘z ongi bilan harakat qiladigan kishi esa hech kimning oyog‘i yetmagan manzillarga bora oladi.

Faqat aqlimga tayanganimda, birorta kashfiyot qila olmagan bo‘lardim.

Zakovat o‘qish-o‘rganish emas, unga erishish yo‘lidagi harakatlar mevasidir.

@alimardon_blog
39 views07:51
Ochish/sharhlash
2022-05-03 12:49:00
Ajoyib javob bo'libdi

@alimardon_blog
44 views09:49
Ochish/sharhlash
2022-05-02 07:21:56
43 views04:21
Ochish/sharhlash
2022-04-26 10:54:02
Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda tanib bo'lmaydigan darajada va ijtimoiy tarmoqlar olami shu qadar tez o'zgarmoqdaki, kecha "cho'qqida yurgan" bloggerlar bugun VPN-larga, mahalliy ijtimoiy tarmoqlarga va yangi turdagi kontentga moslashishga majbur bo'lmoqda...

@alimardon_blog
62 views07:54
Ochish/sharhlash