Get Mystery Box with random crypto!

Alimardon Toshpo'latov | Blog

Telegram kanalining logotibi alimardon_blog — Alimardon Toshpo'latov | Blog A
Telegram kanalining logotibi alimardon_blog — Alimardon Toshpo'latov | Blog
Kanal manzili: @alimardon_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Front end kursimizga qabul boshlandi. 🥳
👇👇👇👇👇
https://frontend-alimardon.netlify.app/

Ratings & Reviews

3.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


alimardon_toshpulatov
alimardon_toshpulatov

Very good👍


Oxirgi xabar 2

2022-07-24 10:10:20
Apple yangi texnologiyani patentladi

— Apple kompaniyasi iPhone’ni yomg‘irda ishlatishni osonlashtiradigan yangi texnologiyani patentladi.

— Suv displeyga tekkanida, kutilmagan tashqi bosim texnologiya tomonidan aniqlanadi va yo‘q qilinadi.

— Ekrandagi boshqaruv elementlari ham o‘zgarishi mumkin: tugmalar kattalashadi va bosish aniqligini oshirish uchun interfeys elementlari orasidagi masofa oshadi.

— Yomg‘ir tomchilari yoki suyuqliklarning tasodifiy teginishini oldini olish uchun Apple barmoq bosimi uchun chegarani oshiradi.

@alimardon_blog
3 views07:10
Ochish/sharhlash
2022-07-16 10:53:01 Bo'lajak Dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar TOP 3

1. Guruh bo'lib ishlash

Siz albatta kelajakda dasturchi bo'lib biron firma yoki kampaniyaga ishga kirasiz, siz guruh bo'lib ishlaysiz. Siz keyin u yerda yangi insonlar bilan aloqaga chiqasiz. Ulardan ma'lum bir darajaga chiqguncha ko'p savollar berasiz. Guruhdagi insonlar albatta o'z ishlari bo'yicha mutahassis bo'lishadi. Sizga guruhdagi barcha insonlarga yoqmasligi mumkin, lekin siz ular bilan ishlashingiz kerak va ishlayolasiz ham! Demak nima qilish kerak? Odam tilini o'rganish kerak, xuddi dasturlash tilini o'rgangan kabi!

2. Savollar berishdan aslo qo'rqmang

Savol berish va unga yaxshi javob olish orqali siz dasturlashni yaxshi o'rganasiz.
Savol berishdan oldin, internetdan qidirib ko'ring! Google.com sayti sizga 99% yordam beradi! Agar savolingizga internetdan javob topaolmasangiz va uni o'zingiz xal qilaolmasangiz demak uni mutahassislar so'rash kerak. Savol bergandaham shunday gapirib qo'yingki, u inson sizga yordam bergisi kelsin!

3. Xech qachon o'rganib oxiriga yetaolmaysiz

Kundan kunga yangi informatsiyalar chiqayabdi. Misol uchun siz HTML ni endi o'rganib bo'ldim deganingizda yangi HTML 10 chiqib qoladi. Shunda yana o'rganasiz va bu narsa davom qilaveradi. Dunyoda xech bir dasturchi bitta tilni tag-tugi bilan bilmaydi. Bilaolmaydiham, chunki har soatda yangi dasturlash asboblari, modullar yaratilyabdi.

Kanallarimizga a'zo bo'ling va do'stlaringizga ham ulashishni unutmang

@alimardon_blog
4 views07:53
Ochish/sharhlash
2022-07-13 10:11:03
#

Bu sohani tanlash va birinchi qadamni tashlash albatta hammaga oson deb tuyuladi, afsuski yarim yo'lda qiyinligini, sabri yetmasligini bilgach ortga chekinishni boshlaydi. Eng alam qiladigan tarafi shuncha ketgan vaqti, asabi va mablag'i osmonga uchib ketadi

Yana kimda bu labirint ni yarim yo'lda tark etish fikri tug'ildi ?

@alimardon_blog
9 views07:11
Ochish/sharhlash
2022-07-10 10:09:03
#xulosa

Xulosa o'zingizdan

@alimardon_blog
6 views07:09
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:08:02
#motiv

Mana hammasi qayerdan boshlangan

@alimardon_blog
7 views07:08
Ochish/sharhlash
2022-06-27 08:17:01
#

Bu sohani tanlash va birinchi qadamni tashlash albatta hammaga oson deb tuyuladi, afsuski yarim yo'lda qiyinligini, sabri yetmasligini bilgach ortga chekinishni boshlaydi. Eng alam qiladigan tarafi shuncha ketgan vaqti, asabi va mablag'i osmonga uchib ketadi

Yana kimda bu labirint ni yarim yo'lda tark etish fikri tug'ildi ?

@alimardon_blog
18 views05:17
Ochish/sharhlash
2022-06-12 07:31:01
#fakt #info

*YouTubedagi eng birinchi yuklangan video - "Me at the zoo" .
YouTube da eng birinchi fikr COBALTGRUV nikli foydalanuvchi tomonidan aynan shu videoda qoldirilgan. Fikr matni quyidagicha boʻlgan: „Interesting.…“

* 2011-yilning 14-dekabr kuni MoldytoasterMedia nikli foydalanuvchi tomonidan YouTubedagi eng davomiy video (596 soat, 31 daqiqa va 21 soniya) yuklangan)

@alimardon_blog
38 views04:31
Ochish/sharhlash
2022-06-08 07:28:02
#qiziqarli

Xitoyda bloklangan ilova va web sahifalar:

Google -> uning o'rniga BAIDU qidirish sistemasi yo'lga qo'yilgan
Gmail -> pochta uchun QQ MAILBOX dan foydalanishadi
Instagram ,Facebook --> muloqot uchun WECHAT platformasi mavjud
Twitter -> Sina Weibo platformasi
YouTube -> uning o'rniga YOUKU ga ruxsat berilgan
Pinterest -> HUABAN web sahifasi ular uchun o'chiq

va boshqalar...

@alimardon_blog
36 views04:28
Ochish/sharhlash
2022-06-02 07:15:22
#foydali

Bu sayt sizga silicon vodiysi haqida toliq malumot beradigan sayt , silicon vodiysi dasturlashning yuragi hisoblanadi.

siliconvalley.center

@alimardon_blog
49 views04:15
Ochish/sharhlash
2022-05-28 13:12:59 Dasturchi bo'lmoqchiman lekin buning iloji yo'q

Kel, sen bilan nega hali ham dasturlashni boshlay olmaganing haqida gaplashamiz. Odatda senda turli xil sabablar bo'ladi va ularni hozir birma-bir ko'rib chiqamiz:

- Dasturlashni nimadan boshlashni bilmayman - Internetga kirsang dasturlash bo'yicha juda ko'p ma'lumot topishing mumkin, ular yordamida bemalol boshlay olasan

- Chet tillarini bilmayman - hozir o'zbek tilida ham sifatli resurslar yetarli: Mohirdev, @sariqdev, @mayoquz va bir qancha vloggerlarning sifatli videolari yordamida bemalol dasturlashni boshlab olishing mumkin

- Matematikam juda yomon - dasturlashni boshlab olish sendan chuqur matematik bilim talab qilmaydi. Birinchi boshlab ol, kerak bo'lsa yo'l-yo'lakay o'rganib olasan

- O'rganay desam o'quv markazlari juda qimmat - tepada aytganimdek tekin resurslar ham talaygina, ular yordamida o'rgan

- Noutbukim kuchsiz - boshida senga kuchli noutbuk kerak emas, oddiysidan boshla, keyin yaxshilab olasan

- Har kuni 8 soat ish, vaqtim yo'q - bir kunda 24 soat vaqt bor, 8 soatni ishga sarflasang senda 16 soat qoladi. Vaqtingni TikTok, Instagram, futbol yoki seriallar uchun sarflamasdan dasturlashni o'rganishga yo'naltir. Aytgancha, ishlab qo'shimchasiga dasturlashni o'rganyotganlar ham yo'q emas

- Yoshim kattalik qiladi - sizdan kattalar ham dasturlashni o'rganishyabdi

- Hech narsani tushunmayabman - tushunishga harakat qilib ko'rdingmi? Internetdan savolinga javob izladingmi? Hozirda savollarga bemalol Internetdan javob olsang bo'ladi

- O'rganganim bilan ishga olishmaydi - Internetda juda ko'p ish e'lonlari berilgan, o'zi ish topish uchun nima qilib ko'rding? Kuchli bilim va boy portfolio'ga ega bo'lsang albatta ish topasan

- Tekinga ishlatishmoqchi - hech kim boshida seni o'rganishing uchun oylik to'lamaydi. Ozgina ishlab, loyihaga o'z hissangni qo'shsang, albatta rozi qilishadi

- Bugun kayfiyatim yaxshi emas, ertaga boshlayman. Yo'q, undan ko'ra kelayotgan hafta dushanba albatta boshlayman. Eng yaxshisi baribir yilni boshida boshlash bo'ladi - chin dildan xohlagan yo'lini qidiradi, xohlamagan esa bahona

Birovni aldash yomon, o'zini aldash esa undanda yomonroq

@alimardon_blog
185 views10:12
Ochish/sharhlash