Get Mystery Box with random crypto!

Alhamdulillah 📚📚

Telegram kanalining logotibi alhamdulillahmz — Alhamdulillah 📚📚 A
Telegram kanalining logotibi alhamdulillahmz — Alhamdulillah 📚📚
Kanal manzili: @alhamdulillahmz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45
Kanalning ta’rifi

Va inson eng go'zal hikoyaga,
Eng mashaqqatli yo'ldan boradi.
04.06.2021

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-21 14:41:53
Islom dini ayollarni shunday ulug'laydiki ,u qiz paytida otasiga jannat eshiklarini ochadi, ayol bo'lganda erining iymonini to'ldiradi. Ona bo'lsa jannat uning oyoqlari ostidadur.
#arxiv
@AlhamdulillahMZ
114 viewsقربونوفا مرحبا, 11:41
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:08:14 ISTIGʻFOR AYT

Agar senga dunyo tor bo‘lib qolsa,
Istig‘for ayt!

Ishlaring yurishmasa,
Istig‘for ayt! 

Boshingga turli qiyinchilik va musibatlar tushsa,
Istig‘for ayt! 

Yuraging siqilsa,
Istig‘for ayt!

Boy bo‘lishni istasang,
Istig‘for ayt!

Qashshoqlikka yo‘liqsang,
Istig‘for ayt!

Farzand talabida bo‘lsang,
Istig‘for ayt!

Tirikchilik masalasida qandaydir muammoga duch kelcang,
Istig‘for ayt!

Savdoyingdan baraka ko‘tarilgan bo‘lsa,
Istig‘for ayt!

Agar oilada notinchlik bo‘lsa,
Istig‘for ayt!

Er-xotin o‘rtasida kelishmovchilik chiqsa yoki farzandlar itoatsizlik qilib, kattalar gapini ikki qilsa,
Istig‘for ayt!

Istig‘for:

1. Astag‘firulloh

2. Astag‘firullohal ’aziym  va atubu ilayh.

3. Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh al-’aziym, al-Kariym, allaziy la ilaha illa hu, al-Hayyul-Qoyyum va natubu ilayh va nas’aluhut-tavbata val-mag‘firota val-hidayata lana innahu huvat-tavvabur-rohiym. Tavbata ’abdin zolimin linafsihi la yamliku linafsihi mavtan vala hayatan vala nushuro.

Ulug‘ Allohdan mag‘firat so‘rayman!

- Siz ham bir kishiningng istig‘for aytishiga sababchi bo‘ling


@alhamdulillahmz
114 views , 14:08
Ochish/sharhlash
2022-08-12 23:02:45 Amalga oshmagan orzu-maqsading, ijobat bo'lmagan duoying ortida Alloh murod qilgan bir xayr bor.

Dunyo yuki og'irlik qilgan bo'lsa Allohning huzuriga shoshil. Dunyo yukidan og'irlashgan tanangni ko'targan oyoqlaring ila tiz cho'kib, og'ir yuklardan halos bo'lish uchun sajdaga boshingni qo'y. Qalbingdagi gaplaringni sajdada Unga shivirla. Boshingni ko'targaningda barcha yuklardan ozod bo'lganingni sezasan.
" Robbingning huzuridan boshqa huzur yo'qligini tushunib yetasan!"

Siqilgan va o'zingni yolg'iz sezgan oningda quyidagilarni tafakkur qil!
Biror ho'l meva ichidagi shirin sharbatini ichish uchun uni siqishing lozim. Inson siqilsa Alloh o'zining suyukli bandasini O'zi tomon intilishini, ko'z yoshlari ila muhabbatiga sho'ng'ishini,bandasining yarador qalbining har zarrasiga shifo berishni istaydi.

Unutma Alloh o'z quliga hech qachon zulm qilmaydi. Boshingga tushgan har ishda bir xayr bordir, ammo ba'zida bu xayrni ko'rolmaymiz va bilolmaymiz, shuning uchun ham boshimizga tushganini yomon deb o'ylaymiz. Qilgan gunohlaringga chin dildan tavba qilib, ezgu amallaringni davom ettir. Inshaalloh bu amallarning ajrini oxiratda olasan!

Mehmet Yildiz
,,Izlash"

"...Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, Unga u zotning Oʻzi kifoyadir..."
"Taloq "surasi, 3-oyat.
Goʻzal gumon ila davom etamiz.
@AlhamdulillahMZ
115 viewsقربونوفا مرحبا, edited  20:02
Ochish/sharhlash
2022-08-03 21:55:41 Bilasizmi meni nima yigʻlatadi? Oyoqlari ogʻrib, turgani holi yoʻq boʻlsada meni birgina quvonchim uchun jonini bergan, qalbi toʻla mehr boʻlgan, anchagina sinovlarga dosh bergan, sochlariga oq tushgan, yuzlarida nuri bor, qalbi yigʻlab koʻzi tabassum qilgan Onamning tengsiz sabri...

Yaratgan Robbimdan birgina oʻtinchim: Onalarimizni umrlarini uzoq qil, qarib ularni taniyolmaydigan darajaga yetganimizda ham yonimizda boʻlsinlar.

@AlhamdulillahMZ
147 viewsقربونوفا مرحبا, 18:55
Ochish/sharhlash
2022-07-30 19:23:16
Duo - qulni Allohga dardini bildirish uchun emas, balki u dardning darmoni faqatgina Alloh ekanligini bildirish uchundir.

Shams Tabriziy

@AlhamdullahMZ
151 viewsقربونوفا مرحبا, 16:23
Ochish/sharhlash
2022-07-28 18:34:40 Ozgina tabassum

Islomiy tarbiya oʻqituvchisi oʻquvchidan:
— Isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Yasin — deb javob berdi oʻquvchi.
— Unda bizga Yasin surasini oʻqib ber ey Yasin.
Oʻquvchi surani yoddan bilishini aytib,oʻqib berdi.

Soʻngra ustoz boshqa bir oʻquvchidan:
— Seni isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Yusuf, lekin doʻstlarim meni Kavsar deb chaqirishadi— deb javob berdi oʻquvchi

@AlhamdulillahMZ
157 viewsMuhitdinova Zamira., 15:34
Ochish/sharhlash
2022-07-27 19:46:29 Osmonga qarashning 10 foydasi:

•Huzun va qayg'uni kamaytiradi..
•Vasvasalarni kamaytiradi..
•Qo'rquv va vahimani kamaytiradi..
•Allohni eslatadi..
•Qalbda Allohning buyukligini his qildiradi..
•Yomon fikrlarni yo'qotadi..
•Pessimizim kasalligiga davo..
•Oshiqlarga malham bo'ladi..
•Insonni yaxshi ko'rganlariga yaqin qiladi..
•Va u, duolarning qiblasidir..!

Imom G'azzoli Rahmatullohi a'layh.

@AlhamdulillahMZ
125 viewsقربونوفا مرحبا, 16:46
Ochish/sharhlash
2022-07-26 09:03:37
Umr bu yoningda sevimli hamroh bilan oʻqilishi kerak boʻlgan eng ajoyib kitobdir .

@AlhamdulillahMZ
113 viewsMuhitdinova Zamira., edited  06:03
Ochish/sharhlash
2022-07-24 08:58:59Сен АЁЛсан...

Бир аёл тунда ярим кечаси ёки бомдоддан аввал туриб, ибодат қилади, Аллоҳ таолога муножот қилади. Шу тариқа у Аллоҳ таолога боғланишнинг энг олий даражасига етади. Бироқ соат олтидан кейин чарчаб, болаларига таом тайёрлаш, кийимларига қараш, дарсларини қилдириш каби ишларини қила олмайди. Болалар эътиборсиз қолади. Бошқа яна бир аёлни олайлик. У қуёш чиқишидан ярим соат олдин туради, хонани иситади, таом тайёрлайди, болаларига қарайди, дарсларини тайёрлатади, у билан боғлиқ камчиликларни бартараф этиш масаласида дилдан суҳбатлашади. Манга шу аёл биринчи аёлдан кўра Аллоҳ таолога яқинроқ бўлади. Чунки иккинчи аёл Аллоҳ таоло унга берган вазифани адо этган ҳолда У Зотга ибодат қилмоқда. Демак, аёлларимиз Роббимиз уларнинг олдига қўйган вазифани бажариш билан У Зотга ибодат қилади.

Инсоннинг ибодати ҳам унинг ҳолатига қараб ўзига хос бўлади. Агар бой бўлсанг, биринчи ўринда сенда молингдан эҳсон қилиш туради. Сен кимсан, сен кучлимисан? Сенинг биринчи ўриндаги ибодатинг ўша кучнинг ҳаққини бериш бўлади. Кимсан? Сен олимсан, сенинг биринчи ўриндаги ибодатинг илм бериш бўлади. Сен кимсан?

Сен АЁЛсан,,,
Демак, сенинг биринчи ўриндаги ибодатинг, эринг ва болаларингни риоясини қилишдир. Қизларнинг риояси эса, ота-онасининг риоясини қилиш бўлади. Оилали аёлнинг риояси эса, эри ва болаларининг риояси бўлади...
Шунинг учун Ислом динида аёлнинг мавқеи олий мақомга кўтарилди.

Доктор Муҳаммад Ротиб Ноблусий

t.me/bintusodiq

@AlhamdulillahMZ
112 viewsقربونوفا مرحبا, 05:58
Ochish/sharhlash