Get Mystery Box with random crypto!

Amalga oshmagan orzu-maqsading, ijobat bo'lmagan duoying ortid | Alhamdulillah 📚📚

Amalga oshmagan orzu-maqsading, ijobat bo'lmagan duoying ortida Alloh murod qilgan bir xayr bor.

Dunyo yuki og'irlik qilgan bo'lsa Allohning huzuriga shoshil. Dunyo yukidan og'irlashgan tanangni ko'targan oyoqlaring ila tiz cho'kib, og'ir yuklardan halos bo'lish uchun sajdaga boshingni qo'y. Qalbingdagi gaplaringni sajdada Unga shivirla. Boshingni ko'targaningda barcha yuklardan ozod bo'lganingni sezasan.
" Robbingning huzuridan boshqa huzur yo'qligini tushunib yetasan!"

Siqilgan va o'zingni yolg'iz sezgan oningda quyidagilarni tafakkur qil!
Biror ho'l meva ichidagi shirin sharbatini ichish uchun uni siqishing lozim. Inson siqilsa Alloh o'zining suyukli bandasini O'zi tomon intilishini, ko'z yoshlari ila muhabbatiga sho'ng'ishini,bandasining yarador qalbining har zarrasiga shifo berishni istaydi.

Unutma Alloh o'z quliga hech qachon zulm qilmaydi. Boshingga tushgan har ishda bir xayr bordir, ammo ba'zida bu xayrni ko'rolmaymiz va bilolmaymiz, shuning uchun ham boshimizga tushganini yomon deb o'ylaymiz. Qilgan gunohlaringga chin dildan tavba qilib, ezgu amallaringni davom ettir. Inshaalloh bu amallarning ajrini oxiratda olasan!

Mehmet Yildiz
,,Izlash"

"...Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, Unga u zotning Oʻzi kifoyadir..."
"Taloq "surasi, 3-oyat.
Goʻzal gumon ila davom etamiz.
@AlhamdulillahMZ