Get Mystery Box with random crypto!

A'lamiy

Telegram kanalining logotibi alamiy_uz — A'lamiy A
Kanaldagi mavzular:
Yolovchi
Khaled
Juma
Mubashshir
Ибн
Sayyoh
All tags
Telegram kanalining logotibi alamiy_uz — A'lamiy
Kanaldagi mavzular:
Yolovchi
Khaled
Juma
Mubashshir
Ибн
Sayyoh
All tags
Kanal manzili: @alamiy_uz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.56K
Kanalning ta’rifi

Qalbingni shifolab ol
Reklama:
@alamiy_reklama
Murojaat:
@alamiy_bot
Instagram:
instagram.com/alamiy_uz/
Aqidamiz: Ahli sunna val-jamo'a
Mazhabimiz: Hanafiy
A'lamiy Muzakkar!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-22 11:01:26 #Tavsiya

Yetib boʻlmas masofalarni bir zumda bosib oʻting!

https://t.me/+xP100XH2SDFjYzgy

Hech narsa tasodif emas!)
4.1K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-22 10:04:09
Ildizlar bir bo'lsa nedir ayrolik...
Ruhlar topishsalar nedir masofa...?!


#al_afsoh

@alamiy_uz
5.2K views07:04
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:53:13
Hayit kuni shunchalik bayram qilish kerak-ki,
roʻza tutsang harom boʻladi.
Chunki hayit kuni yeyish kerak,
yeb, yorilib ketsang, savob boʻladi.))

#Chubak hoji

@alamiy_uz
17.3K views02:53
Ochish/sharhlash
2023-04-20 19:26:00
Ramazon Hayiti Muborak Bo'lsin!
Juma Muborak!


Ushbu kunlar xayri va barokati sizga bo'lsin!

Allohu akbar! Allohu akbar!
La ilaha illallohu vallohu akbar!
Allohu akbar va lillahil hamd!

@alamiy_uz
11.8K viewsedited  16:26
Ochish/sharhlash
2023-04-20 02:50:20
Nafslarning isyonin tuzatgan oyim,
Olamni rahmatdan bezatgan oyim.
Seni kuzatmoqlik naqadar ogʻir,
Rasululloh ﷺ yigʻlab kuzatgan oyim.

Kelishing bayramdir, ketishing hijron.
Gunohga kafforot, ey qalbga darmon.
Senga yetarmanmi yana bilmadim,
Oylarning sultoni xayr - Ramazon...

#Sardor Rahimxon

@alamiy_uz
20.4K views23:50
Ochish/sharhlash
2023-04-19 20:09:18
Ey nafsim, qarshingda tiz choʻksam mangu,
Hech-da toʻxtatmading havas-oʻylarni
Ramazon oyida tuzalmading-ku,
Qandoq kuchi yetsin boshqa oylarni?!

#Xayrulla Hamidov

@alamiy_uz
14.9K views17:09
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:55:24
Naqadar yaxshiydi Ramazon...

Aslida ramazondan ayrilishning haqiqiy ogʻrigʻini, ertaga, shaytonlar bilan kurashayotganda his qilamiz. Gunoh tomon qadam tashlayotganda, roʻzam ochilib ketadi, degan qoʻrquvni topa olmaganimizda his qilamiz. Tunlari xuftonga imom kichikroq suralarni oʻqiganda, Qurʼonga toʻymay qolganda his qilamiz. Taqvoni hosil qilishdagi qiyinchiliklarda, bomdodga bir soat oldin uygʻonolmaganimizda his qilamiz. Hali bu ogʻriqni juda koʻp his qilamiz. Oʻn bir oy his qilamiz. Oʻn bir oy sogʻinamiz. Oʻn bir oy kutamiz. Bugun soʻnggi kunida turib, soʻraymiz, bizlarga bu ramazonni oxirgisi qilmagin. Shu oyda hosil qilgan taqvolarimizni keyingi ramazongacha davomli qilgin...

#Qudratulloh Ahmad

@alamiy_u
1.4K views05:55
Ochish/sharhlash
2023-04-18 17:08:46
Allohim, qabr ichidagi yolgʻizlik va gʻariblik holimda menga yoʻldosh boʻl.

#Abu Sulaymon Doroniy Hazratlari

@alamiy_uz
9.4K views14:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 10:58:23 Assalamu alaykum va Rohmatullahi va Barokatuh sahovatpesha insonlar!

Bu ehsonimizni juda chuqur o'ylab istihoralar bilan yig'ishni boshladik, 2004 yil qiz uchun harakatdamiz otasi yo'q, onasi betob shu sababli qiz 2ta ishda ishlaydi va hamma daromadini onasining dori darmoni uchun sarflayapti, yashash sharoiti ham, yeb ichari ham qoniqarsiz holatda.
Bundan xabardor birodarlar sifatida kichik yaxshilik qilish ilinjidamiz inshaAlloh.

Abu Zar G‘ifforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu a'layhi vasallamdan eng afzal sadaqa haqida so‘rashdi.
Shunda u zot: 
"Muhtojga maxfiy qilinganidir”, – dedilar..

Biz bilan yo bizsiz, Robbim albatta muhtojlarni tashlab qoʻymaydi, lekin sababchi boʻlish boshqa narsa.
Bizda hozirda naqd 1.000.000 soʻm mavjud, biz yana 10.000.000 soʻm yig'ishni reja qilyapmiz, Alloh yuzimizni yorugʻ qilsa, kimningdir mushkulasini yengillatishga musharraf boʻlib qolardik.
Xohlovchi koʻngillilar, oziq ovqat va roʻzgʻorlik tarafidan yordam berishi mumkin, birgalikda topshirib kelinadi.

8600612024259698
2.1K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:18:27
Quvonchdan ko'zimdan yog'moqdadir sel,
Seni uzoq kutdi eng bag'rikeng el.
Ey manim ming oydan yaxshirog'im kel,
His qilay baxt nadir, sakinat nadir?
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!

Qadr muborak!
Xatmona muborak!


@alamiy_uz
13.8K views15:18
Ochish/sharhlash