Get Mystery Box with random crypto!

Al_ansoriy🌙

Telegram kanalining logotibi al_ansoriy_01 — Al_ansoriy🌙 A
Telegram kanalining logotibi al_ansoriy_01 — Al_ansoriy🌙
Kanal manzili: @al_ansoriy_01
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33
Kanalning ta’rifi

. Manfaat va'da qilmaymiz..❕❗

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-13 19:09:05 7-bob. Kimki ro‘zada yolg‘onchiligini qo‘ymasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa …

Kimki yolg‘on so‘zlashni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani bilan ro‘zasi qabul bo‘lmaydi. Alloh unga rahmat nazarini tashlamaydi.

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01
33 viewsAnvar Qorayev, 16:09
Ochish/sharhlash
2023-03-12 13:10:36 6-bob. Kimki Ramazon ro‘zasini iymon-e’tiqod bilan, qanoat va ishonch bilan, yaxshi niyat qilib tutsa …

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik qilishda hammadan ham saxiyroq edilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketar edi, chunki Janob Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom bilan uchrashib, Qur’onni o‘qib berar va o‘zlarini imtihon qildirar edilar. Hamisha u Janob, Jabroil alayhissalom bilan uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo‘lgan saxovatlari kuchli shamoldan ham tezlashib ketar edi”.

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01
41 viewsAnvar Qorayev, 10:10
Ochish/sharhlash
2023-03-11 12:36:23 5-bob. Ota-onaga muloyim gapirish haqida

8. Taysala ibn Mayyos (r.a.) aytdilar: "Men Najda ibn Omir Xorijiyning ashoblari bilan
bo’lib gunohlar qildim. Shularni o’zimcha katta gunoh deb hisoblab, Abdulloh ibn Umar
(r.a.)ga borib aytdim.Shunda Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bular katta gunoh emas, katta
gunohlar to’qqiztadir, ular: Alloh taologa shirk keltirish, odamni o’ldirish, urush
maydonidan qochish, afifa xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo, yetimlar molini
yemoq, Alloh taoloning borligini inkor qilish, odamlarni masxara qilish, kamsitish, otaonani xafa qilib yig’latish - mana shular katta gunohdir", dedilar. Keyin Abdulloh ibn
Umar menga qarab: "Ey, Taysala! Sen do’zaxdan qo’rqib jannatga kirishni
xohlaysanmi?" - dedilar. Men: "Jannatga kirishni albatta xohlayman", deganimda, u
kishi: "Ota-onang tirikmi?" - deb so’radilar. Men: "Otam vafot etgan, ammo onam
borlar", dedim. Abdulloh (r.a.): "Katta gunohlardan o’zingni saqlaganingdan keyin
onangga qattiq gapirmasang, uning osh-ovqatini berib tursang, albatta jannatga
kirasan", dedilar".

#al-adab al-mufrad

@al_ansoriy_01
42 viewsAnvar Qorayev, edited  09:36
Ochish/sharhlash
2023-03-11 12:19:11 5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? “Unday desa ham bo‘ladi, bunday desa ham bo‘ladi”, - degan kishi haqida.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: “Ramazon ro‘zasini Ramazon oyi kelmasdan burun tutmang!” - deb aytganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Agar Ramazon oyi kirsa, jannatning eshiklari ochiladi”, - deb aytganlar”, -deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitiladi hamda shaytonlar kishanlanadi”, - deganlar”.

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01
41 viewsAnvar Qorayev, edited  09:19
Ochish/sharhlash
2023-03-10 14:43:35 4-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali kirishlari xususida.

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, - deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, - bu eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kiradilar, xolos. Qiyomat kuni “Ro‘zadorlar qani!” deb nido qilinadi.

Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishadi. So‘ng, eshik yopiladi. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas”.

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01
13 viewsAl_ansoriy, edited  11:43
Ochish/sharhlash
2023-03-10 14:42:05 Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

“Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kimki Alloh yo‘lida nimaiki bo‘lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko‘ylak, ikki do‘ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan “Ey Allohning bandasi, bu qilgan ishing xayrlik ishdir!” deb ichkariga da’vat qilinadi. Kimki namozxonlardan bo‘lsa, namozxonlar kiradigan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod qilganlar kiradigan eshikdan, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson qilganlardan bo‘lsa, ehson qilganlar kiradigan eshikdan chaqiriladi”, - dedilar.

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01
13 viewsAl_ansoriy, edited  11:42
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:06:29 Bugun biz musulmonlar har kun nishonlaydigan bayram kuni

Mubashshir Ahmad

@al_ansoriy_01
21 viewsAnvar Qorayev, 05:06
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:03:56 Islom shariati ayollarni har kuni ehtirom qilishga buyurdi. Bir kunni xoslab olish esa, haqlarni zoye qilish boʻladi.

Ayman Yog'iy

@al_ansoriy_01
22 viewsAnvar Qorayev, 05:03
Ochish/sharhlash
2023-03-07 20:21:42
Har kuni e'zozlanadi...((

@al_ansoriy_01
11 viewsAnvar Qorayev, 17:21
Ochish/sharhlash
2023-03-06 09:14:31 Avvalgi sivilizatsiyalar ayollarning oʻz uylaridan chiqishlari sababli qulagan.
(Osvald Shpengler)

Mana shu qulagan sivilizatsiya yaqinlashmoqda..(( (Islom sivilizatsiyasi)
17 viewsAnvar Qorayev, edited  06:14
Ochish/sharhlash