Get Mystery Box with random crypto!

Aksent

Telegram kanalining logotibi aksentuzb — Aksent A
Telegram kanalining logotibi aksentuzb — Aksent
Kanal manzili: @aksentuzb
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.91K
Kanalning ta’rifi

“Aksent” медиа лойиҳаси
Биз ижтимоий тармоқларда: https://taplink.cc/aksent
Мурожаатлар учун: @aksent_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-12-17 15:39:37
Turkiyada ish haqi 50% ga oshiriladi

Mamlakatda hozirda liraning qulashi hamda inflyatsiya kuzatilmoqda, shu sabab, endilikda ish haqi oshiriladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on payshanba kuni televidenieda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berib, eng kam ish haqini 50 yil ichida maksimal darajaga ko‘tarishini aytdi.

Turkiyada eng kam ish haqining oyiga 2826 liradan (182 AQSH dollari) 4250 liraga (275 AQSH dollari) oshishi 6 millionga yaqin ishchiga bevosita taʼsir qiladi.

Erdo‘g‘on, “- oxirgi vaqtlarda valyuta kursidagi o‘zgarishlar va haddan tashqari narxlar oshishi natijasida yuzaga kelgan noaniqlikni imkon qadar tezroq tugatishga qaror qildik. Biz bu mamlakatning kelajagini uning erkaklari va ayollari, yoshu qarilari, ishchilari va ish beruvchilari bilan birga shakllantiramiz" - deya o'z nutqida ta'kidladi.

Shuningdek, hukumat eng kam ish haqi bo‘yicha daromad solig‘i va davlat bojini bekor qilishni ham rejalashtirmoqda.

#dunyodan_daraklar

YouTube | Instagram | Facebook | Telegram
275 views12:39
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:30:19 Qibray tumanidan Yashnobodga 8 ta mahalla o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining o‘zgarishi yuzasidan tegishli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2107,4 ga yer, shundan 1002,6 ga qishloq xo‘jaligi yer maydoni hamda quyidagi ijtimoiy obyektlar o‘tkazilishi ta'minlangan:

Mahallalar – 8 ta;
Noturar joylar – 195 ta;
Turar joylar – 5091 ta;
Maktablar – 3 ta;
Maktabgacha ta'lim muassasalari – 1 ta;
Diniy muassasalar – 2 ta;
Qabristonlar – 2 ta;
Tibbiy muassasalar 1 ta;

Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.

@tvkad

YouTube | Instagram | Facebook | Telegram
193 views11:30
Ochish/sharhlash