Get Mystery Box with random crypto!

Qahramon it - Men itlar bilan anchadan beri ishlayman, - deb | Akmal Sodikov

Qahramon it

- Men itlar bilan anchadan beri ishlayman, - deb gap boshladi Albert. - Men sizga aytadigan bo'lsam, ular bilan bu metodikani bobomning dala hovlisida boshlaganman.

- Xo'p, qani eshitaylikchi, malol kelmasa, - so'radi Sinchkov.

- Boboning qishloqdagi hovlisi temir yo‘l izlari yaqinida joylashgan edi.
Men qo'y boqib, yordam berib turardim. Qo'ylarni relslar yaqinida o'tlatib yurgandim.
Shunda men hayol bilan ovunib qolganimda, poyezd yaqinlashib qolibdi, qo'ylar esa rels atrofida o'tlab yuribdi.

Shunda bobom, yugurib uzoqroqdan qizil ro'molchasini hilpiratdi. Itimiz Sharik edi, u tezda yugurib borib qo'ylarni rels atrofidan haydan chiqardi. Poyezd o'tib ketdi. Shu bilan biz qo'ylarni qutqarib qoldik.

- Menimcha, sizning hikoyangizda ayrim faktlar yetishmayapti? Yoki siz bo'rtirmoqdasiz.

Savol. Nega Janob Sinchkov Albert aldayotgan deb o'yladi?

Izohlarni "Comments" da qoldiring.

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh