Get Mystery Box with random crypto!

Qutqaruv jileti Janob Sinchkovning ishxonasiga suzish kiyimla | Akmal Sodikov

Qutqaruv jileti

Janob Sinchkovning ishxonasiga suzish kiyimlarini sotish bilan shug'illanuvchi Albert shoshilgancha kirib keldi.

- Sizdan iltimos qilaman, janob meni qutqaring!

- Nima bo'lganligini batafsil aytsangiz, yordam bera olardim.

- Kecha ertalab Simber ismli bir kishi mendan ikki kishilik qayiq va ikkita qutqaruv jiletini sotib oldi. Men barcha mahsulotni tekshirib, butunligiga amin bo'lgach sotdim. Mijoz tortishib ham o'tirmadi. Birdan hamma pulni berdi.

- Keyin nima bo'ldi?

- Keyin, bugun tushlikdan keyin kelib, meni dupposlab ketdi. Aytishicha, qayiq teshilib, u xotini bilan ko'lning o'rtasida qolib ketibdi. Jiletni kiysa, biri teshik chiqibdi. Men qasddan odam o'ldirishga uringanmishman.

- Keling, Simberga qo'ng'iroq qilib, nima bo'lganini aytib bersa, uni telefon raqami bormi?

- Ha, albatta, menga "vizitkasini" ham tashlab ketgandi.

Janob Sinchkov darhol Simberga qo'ng'iroq qilib, voqea haqida so'ray boshladi.

- Biz, xotinim bilan, bugun ertalab shahar chetidagi ko'lga borib,qayiqda suzdik.
Biz qirg'oqdan yetarlicha uzoqlashganimizda, qayiq tez cho'kishni boshladi. Unda ikkita teshik bor ekanligini bilib qoldik.
Keyin bir jiletni xotinimga, ikkinchisini esa o‘zimga olib kiydim.
Suvga sakradik, qarasam xotinim cho'kishni boshladi. Uning jileti yirtilgan ekan. Men zo'rg'a xotinimni qutqarib chiqdim. Suzishni bilardi, lekin hayajondan sal qosa cho'ka yozdi.
Shundan so'ng, to'g'ri sotuvchini oldiga borib uni adabini berdim. Bugun politsiyaga ham uni ustidan shikoyat yozib berdim.
Tez orada haqini oladi...

- Menimcha, janob Simber siz qattiq adashibsiz. Yaxshisi kim haqiqiy aybdor ekanligini aniqlang.

Savol. Bu holatda haqiqiy aybdor kim?

Izohlarni "Comments" da qoldiring.

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh