Get Mystery Box with random crypto!

Sen - bu issiqqina yotoqxonangda yotgan paytingda , ota-onang | Akhmedoff

Sen - bu issiqqina yotoqxonangda yotgan paytingda , ota-onang telefon qilib, hozirgina sovuqda ishdan charchab qaytishganini, bunisi yetmaganidek uyda na svet , na gaz  borligini aytishib, ukalaring sham chiroq bilan dars qilishayotganini eshitib,  ularga yordam berolmaganingdan ich - etingni tirnaydigan , eziladigan
student,
Ukang - bu aka men ham talaba bo'laman deb, harakat qilayotgan, ammo karrupsiyaga botgan , xohlagan ishini qiladigan, monopoliyalashgan tashkilot tomonidan ,har yili kirish imtihonlaridagi fanlar majmuasi almashtirilayotganidan qaysi fanlarni o'qishni bilmay, boshi qotgan abiturent,
Singling - ertalabdan maktabga bormayman deb xarxasha qiladigan , " ha nimaga bormaysan desang" , o'qituvchilarim darsni yarmigacha o'z ishlari bilan band bo'lib ,darsning qolgan yarmida konspekt qildirib , har bir 2 baho olganing uchun 100 varaq referat qildirishi yetmaganiga , maktablarda na svet , na gaz borligini aytib, baribir men ham sizga o'xshab  qo'shimcha  darsga boraman, maktab beradigan bilim bilan institutga kira olmayman deb yig'laydigan o'quvchi,
Do'sting - sen bilan birga birga abiturentlik davrini boshdan kechirgan , lekin ozgina omadi kelmay o'qishga kira olmay , erta taslim bo'lib , qanchadan qancha migrantlarimizning qo'shni davlatlardan jasadlari kelayotganini ko'rib turgan bo'lsa ham , bundan boshqa yo'l topa olmayotgan , oilasini boqish uchun rossiya ketayotgan mard o'g'lon,
Kattalar - bo'layotgan islohotlarni ko'rsatib, shukur qilishga o'rgatib, osmonimiz musaffo shioriga tayanib yashayotgan vatanimning zahmatkash xalqi,
Kichiklar - bo'layotgan islohatlarni ko'rib, bu barchasi illuziya ekanligini ich-ichidan his qilib turgan , faqat va faqat "surish kerak " deb o'ylayotgan vatanimning oltin kadrlari.

20.02.2020
Shamsiddin Akmedov