Get Mystery Box with random crypto!

Siz yuzidan paranjini otayotgan qizlarning ahvoli qanday? Ular | Akhmedoff

Siz yuzidan paranjini otayotgan qizlarning ahvoli qanday? Ularga hurlik va ozodlik, ilm va ziyo bermoqni va’da qildingiz, qani o‘sha ilm, qani ziyo? Paxta zorlarda paxta teriladi, ilmu kitob emas. Siz ayollarni qoloqlik botqog‘idan chiqarib,azobli mehnat, xo‘rlik hojatxonasiga tashlab yuboringiz. Sizga dunyoni tanigan sharq ayoli emas, bos ko‘tarmay ishlaydigan, quyonday bolalaydigan sochi uzun, kamxarj, jonli mahluq kerak edi. Sizga xalqning ozodligi emas, xalqaro hojatxona kerak. Shuning uchun haligacha dunyoviy ta’lim savod bilangina cheklanmoqda. Chunki aqlini tanisa, jonli ketmon bo‘lib yashashga ko‘nmaydi, bilasizki, ayollar ham uyg‘onsa, bu yurtni eplab bo‘lmaydi.
@ Qo‘rqma