Get Mystery Box with random crypto!

#universitetlar_uchun Xorijiy tillarni bilish darajasini baho | Ahmadjonov.uz

#universitetlar_uchun

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va unga
mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni verifikatsiya qilish
uchun ma’lumotlar ro‘yxati:


IELTS

Sertifikatini tekshirish uchun

https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ saytiga kirishingiz kerak bo‘ladi.


Ushbu saytdan ro‘yxatdan o‘tish uchun tashkilot haqidagi anketa
to‘ldiriladi. Muassasa-tashkilot rahbari tomonidan mas’ul shaxs
tayinlanadi va u haqidagi ma’lumot saytga yuklanadi.
Tashkilotning rasmiy sayti va mas’ul shaxs uchun ochilgan rasmiy elektron pochtasi bo‘lishi lozim. (Namuna:www.lpa.gov.uz, m.akhmedov@lpa.gov.uz )
Yuqoridagi shartlar bajarilgach, IELTS bo‘yicha mas’ul tashkilot sizga saytdan foydalanish uchun login va kirish kodini yuboradi.

IELTS sertifikatida keltirilgan TRF raqami orqali sertifikatda keltirilgan ma'lumotlar haqqiy ekanini tekshirish mumkin bo'ladi.

APTIS sertifikati

Sertifikatni tekshirish ikki yo‘lda amalga oshiriladi:

a) British council ning info@britishcouncil.uz elektron manziliga
sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod ko‘rsatilgan rasmiy xat yo‘llagan holda;
b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan
bo‘lsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga
oshirilishi mumkin.

LINGUASKILL sertifikati

Sertifikatni tekshirish uchun
https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli ma’lumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz
bo‘ladi. Avval ushbu link orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.


GOETHE sertifikati

O‘zbekistondagi Gyote institutining test
jarayonlari uchun mas’ul bo‘limga tanzilya.gafurova@goethe.de elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin.


Milliy sertifikat

Davlat test markazining
https://dtm.uz/info/certificate sayti orqali tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.


TRKI sertifikati

ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan
bo‘lsa https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali tekshirishingiz
mumkin.


TOEFL IBT

Sertifikatni tekshirish uchun
https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become saytiga
kirishingiz kerak bo‘ladi.
Ushbu saytdan ro‘yxatdan o‘tish uchun tashkilot haqidagi anketa
to‘ldiriladi. Muassasa-tashkilot rahbari tomonidan mas’ul shaxs
tayinlanadi va u haqidagi ma’lumot saytga yuklanadi. Tashkilotning rasmiy sayti va mas’ul shaxs uchun ochilgan rasmiy elektron pochtasi
bo‘lishi lozim. Yuqoridagi shartlar bajarilgach, TOEFL IBT bo‘yicha mas’ul tashkilot sizga saytdan foydalanish uchun login va kirish kodini yuboradi.


TOEFL ITP

Sertifikatni tekshirish uchun
tests-security@etsglobal.org elektron manziliga sertifikat
nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin.
Sertifikatlarni tekshirish bepul, hech qanday to‘lov undirilmaydi.


@ahmadjonovuz