Get Mystery Box with random crypto!

Ahmadjahon | Adabiyoti

Telegram kanalining logotibi ahmad_jahon_adabiyoti — Ahmadjahon | Adabiyoti A
Telegram kanalining logotibi ahmad_jahon_adabiyoti — Ahmadjahon | Adabiyoti
Kanal manzili: @ahmad_jahon_adabiyoti
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39
Kanalning ta’rifi

Mavzu: She'rlar va maqolalar
Murojaat qilish uchun: 👇👇👇
✔️ Admin: @ReP_R1zA
Hamkor kanal: @pofigist_uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-26 21:27:48
113 viewsAbdusalomovv___[RPR], 18:27
Ochish/sharhlash
2022-05-21 21:26:28 To’rtliklar

Yolg’izman deya o’ksinma yurak,
Bu sovuq kalom dilni g’ashlaydi.
Soxta tuyg’ular bizga ne kerak,
Aslzodalar tanho yashaydi.

• • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • •

Bo’yim baland, g’ururim osmon,
Qo’l ko’ksimda, bosh qibla tomon.
Bu hayotda bilganim shudir,
O’lim - xaqdir. Qolgani yolg’on!

• • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • •

Bevafolar yo’ling to’sganda,
Manzilingdan adashma do’stim.
Ko’zing bog’lab aldamoq bo’lar,
Ishon bunga kafilman o’zim...



@Ahmad_Jahon_com
132 viewsAbdusalomovv___[RPR], edited  18:26
Ochish/sharhlash
2022-05-12 06:58:10
@Ahmad_Jahon_com
146 viewsAbdusalomovv___[RPR], 03:58
Ochish/sharhlash
2022-05-12 06:57:41 Balki sabab shudir...

Xato qilgan sizsiz, voz kechgan bizmiz,
Yolg’oningizga ko’z yumdik har safar.
Balki shuning uchun hamon yolg’izmiz,
Balki shuning uchun baxt bizdan xafa.

Mayli xotiralar o’tmishda qolsin,
Yuzimiz burganmiz holingiz ko’rib.
Yangi yor topibsiz muborak bo’lsin -
O’zingiz eskilar safida turib.

To’g’ri bizga hali aql kirmagan,
Uzr, hushomadga moyil emasmiz.
Uchraganni sevib hayo qilmagan
,,Toza qalb’’ ingizga qoyil emasmiz.

Bugun qadahimga yana may to’lar,
Itlar tekkanni sher iskamas ekan.
Farishta niqobin kiygan shaytonlar
Vafodan so’z ochish sizgamas ekan.

Chiroyga ishonib osmonga uchmang,
Asli o’tmishingiz axlatdan battar.
Xaq gapni aytganlar - siz uchun dushman,
Mayli yashayversak hayot ko’rsatar.

Ishqqa yengilmagan telbalar bizmiz,
Bizdek o’ylovchilar juda oz nafar.
Balki shuning uchun hamon yolg’izmiz,
Balki shuning uchun baxt bizdan hafa...!



@Ahmad_Jahon_com
145 viewsAbdusalomovv___[RPR], edited  03:57
Ochish/sharhlash
2022-05-05 20:41:04
@Ahmad_Jahon_com
142 viewsAbdusalomovv___[RPR], 17:41
Ochish/sharhlash
2022-05-05 20:39:10 Onajonim ko’z yoshini artolmadim

Baxtim istab erta-yu kech tinmaganda,
Sizni yaxshi ko’raman, - deb aytolmadim.
Ozor cheksam dili og’rib yig’laganda
Onajonim ko’z yoshini artolmadim.

Yig’lab-yig’lab ko’zlarida yoshi tindi,
Yig’lab-yig’lab ko’zlarida uchqun so’ndi,
Jannatdagi joylar menga harom endi,
Onajonim ko’z yoshini artolmadim.

Omadimni izlagandim tinim bilmay,
Duolari sabab yurdim hech qoqilmay,
Kechikdimmi? Afsus, farzand bo’lmay o’lay!
Onajonim ko’z yoshini artolmadim.

Sevgan yorim ko’z yosh to’ksa bo’ldim halak,
Xatolarim dastidan sanchar yurak,
Mahshargacha la’nat aytar yetti falak,
Onajonim ko’z yoshini artolmadim.

Og’ir kunda bo’lolmadim tirgak, panoh,
Barcha chekkan dardi ko’z yosh bo’libdi, oh,
Mendek notavon farzandni kechir Alloh,
Onajonim ko’z yoshini artolmadim.



@Ahmad_Jahon_com
119 viewsAbdusalomovv___[RPR], 17:39
Ochish/sharhlash
2022-05-04 10:51:27 Do’stim u o’zgargan…

Do’stim u o’zgargan, u xozir baxtli,
Yuzda tabassum va qo’lda gullar bor.
Balki baxtga mendan ko’ra u xaqli,
Menda usiz o’tgan ancha kunlar bor.

Ha, u orzulari osmon qiz edi,
Baxt qasriga birga bormoqchi edik.
Beg’ubor yuragi armonsiz edi,
Eng chiroyli juftlik bo’lmoqchi edik.

U menga chidadi, sabriga qoyil,
Yonimdan ketmadi rajitsam hatto.
Beozor jilmayib turardi doim,
Meni sevganidir undagi xato.

Men esa bormadim u kuutgan payti,
Taqdir ko’rishmoqni nasib qilmadi.
U yana: ,,Kutaman, keling” – deb aytdi,
Balki kutayotgandir yana bilmadim.

Do’stim u go’zalni yana esladik,
Unga yarashibdi mensizlik hissi.
Mendan qolganlari undan esdalik,
Go’zal o’tmishimning alamli izi.

Uni kuni o’tar shohonalarda,
Juda ochilibdi guldek ko’karib.
Men esa yuribman mayhonalarda,
O’lgan sevgim uchun qadah ko’tarib.

Ko’nikyapman lekin eslaganimda,
Xotiram qa’ridan boqib turadi.
Tushimda sog’inib, izlaganimda
Yuragimni bir-bir yoqib turadi.

Yonimda tur bugun taskin bergin sal,
Taqdirga rozimiz, bunga ko’namiz.
Mayli, o’z yo’liga baxtini bersin,
Biz esa alamni maydan olamiz.

@Ahmad_Jahon_com
113 viewsAbdusalomovv___[RPR], 07:51
Ochish/sharhlash
2022-02-04 19:55:26 Mendan ketganlarga aytib qo’y...

Mendan ketganlarga aytib qo’y,
Unutishsin qaytish yo’lini.
Men tomonda chalinsa baxt kuy,
Cho’zmasinlar iflos qo’lini.

Men ularni quvib solmadim,
O’zi kelib, o’zlari ketdi.
Ha, ularsiz o’lib qolmadim,
Mensizlikka ko’zlari yetdi.

Ketish uchun yo’q edi asos,
Bahona shu - qo’pol ekanman.
G’ururimdan kechmaganim rost,
,,Yoqmasam, bor yo’qol’’ - deganman.

Yolg’on bo’lsa guvohim falak,
Soxta obro’ atxarganim yo’q.
Al-Misoqdan qolgan charxpalak,
Hali-hamon to’xtagani yo’q.

Imonini qafasga qamab,
Vijdonini qo’shib sotdilar.
Uyalmasdan yuzimga qarab
Kulib turar noshud qotillar.

Mendan ketganlarga aytib qo’y,
Choh qazdilar o’zlari uchun.
Yiqilganim - ular uchun to’y.
Ahmad Jahon - bu hayot tushun...



@Ahmad_Jahon_com
177 views , 16:55
Ochish/sharhlash
2022-02-04 19:55:06
119 views , 16:55
Ochish/sharhlash