Get Mystery Box with random crypto!

Kechir Alloh (2) Qon yuragim ming bir yamoq, Oldim juda kat | Ahmadjahon | Adabiyoti

Kechir Alloh (2)

Qon yuragim ming bir yamoq,
Oldim juda katta saboq.
Tavba qildim afsus chekib
O’zing meni kechir Alloh.

Botib ketdim dard-u g’amga,
O’xshab qoldim kas odamga,
Qo’l tegizdim nomahramga,
O’zing meni kechir Alloh.

Bo’ysunmadim izmingga ham,
Ozor berdim jismimga ham,
Loyiqmasman ismimga ham,
O’zing meni kechir Alloh.

Muhabbatim hazon bo’ldi,
Do’stim menga jazo bo’ldi,
Namozlarim qazo bo’ldi,
O’zing meni kechir Alloh.

Gunohim ko’p - xabarim yo’q,
Ishlarimni samari yo’q,
Ilmim bordir, amalim yo’q,
O’zing meni kechir Alloh.

Baz’an xirsni tiyolmasdan,
Zino qildim uyalmasdan.
Vijdonni tinch qo’yolmasman,
O’zing meni kechir Alloh.

Umidvorman sendan hamon,
Jannatingni qilma armon,
Pushaymonda Ahmad Jahon,
O’zing uni kechir Alloh.




@Ahmad_Jahon_adabiyoti