Get Mystery Box with random crypto!

Hammang soxtasan… Yaqinlarim tark etishga shay, Rejalarim b | Ahmadjahon | Adabiyoti

Hammang soxtasan…

Yaqinlarim tark etishga shay,
Rejalarim bir zum to’xtasa.
Qo’yishadi hatto eslamay,
Hammang soxtasan.

Boshda tursa omadim porlab,
Erkalatib tuzoqqa chorlar,
Xushomadgo’y, laganbardorlar
Hammang soxtasan.

Qadahingni qo’ldan qo’yma deb,
Davring keldi do’stim o’yna, - deb –
Niqob taqma ko’zim o’ynatib,
Hammang soxtasan.

Tilda maqtov, qo’lida xanjar,
Kulib turib ortdan tig’ sanchar,
Kuzataman hayron qolgancha,
Hammang soxtasan.

Sotqinlarga to’lgan har yonim,
Kana kabi simirar qonim,
Sevaman deb aldama jonim,
Hammang soxtasan.

Sinovli kun kelganda boshga,
Qochgan ular, yana men tosh qalb
Bilib oldim onamdan boshqa
Hammang soxtasan.

Ishonchimga kirib sotdilar,
Deyman: ,, Ahmad, buncha soddasan”!
Yuz o’girdim senga or tilab,
Hammang soxtasan.



@Ahmad_Jahon_com