Get Mystery Box with random crypto!

​​Hurmatli ota – ona siz nimaga erishgan bo’lmang bolangiz siz | Bolalar psixologiyasi va Ahil Oila

​​Hurmatli ota – ona siz nimaga erishgan bo’lmang bolangiz sizdan ko’prog’iga loyiq. Siz bunga imkoniyat yarata olasiz.

Kattalarda ham bolalarda ham juda ajoyib bir qobiliyat bor – bu tasavvur qilish! “imaginaton”. Bolalarda tasavvur qilish yaxshi rivojlanagan, ammo biz ota – onalar hayotda ko’p qoqilganimiz,uzizmizning hayot falsafamiz sababli no’tog’ri yo’ldan boramiz. Ayniqsa bizning yurtimizdagi insonlarda bu holat ko’p rivojlangan.
Yosh bolani ham hayotga real qarashga o’rgatamiz o’zimizcha. Xayol surmaslikni buyuramiz. O’qib olim bo’larmiding deymiz,molga qara deymiz, yoki xayollarini chuvalashtirib tashlaymiz sen prokuror bo’lishing kerak deb (chunki bir qarindoshi prokurorda topishi yaxshi), vaholanki bola hali prokuror nimaligini bilmaydi.qo’ying bola tasavvur qilsin, xayol sursin!
Bugungi qilingan xayollar ertaga reallikka aylanadi. Bola axir yomon narsalarni baxtsiz kishilarni tasavvur qilmasa kerak.
Baxtli bo’lish uchun oldin shu baxtni tasavvur qilish kerak.
Omadga, muvaffaqqiyatga erishish uchun oldin tasavvur qilish kerak.

Biz ota – ona sifatida farzandimizning tasavvur qilishini ruhlantirishimiz kerak. Shunda uning miya faoliyati o’sha tasavvurini amalga oshirish payida bo’ladi. Insoniyat uchun foyda keltirgan eng katta katta ixtirolar ham o’sha ixtirochilar tomonidan tasavvur qilingan. Ularning o’zlari buni ta’kidlagan.

P.S: Aziz ota – ona ozingiz ham oilangizning kelajagini ijobiy holatlar bilan 10 daqiqacha tasavvur qiling. Chet el safari,ota – onangizni hajga olib borganingiz, farzandlaringizning toyi, muvaffaqqiyatlari, oilaviy dam olishga borishingiz, uyda yakshanba kuni turmush o’rtog’ingiz bilan birga ovqat pishirishingiz, kimningdir tug’ilgan kuni, biror bemor yaqiningizning tuzalib ketib, biror jismoniy o’yin o’ynayotganing va hokazo.
Bularning barchasidan o’zingiz, yuragingiz, miyangiz orom oladi, yuraklaringiz to’lishib ketadi. Endi farzandingiz ham shunday orom olishini o’ylang!!!
Va bizga qo’shiling https://telegram.me/AhilOila