Get Mystery Box with random crypto!

'Kel' deydi shunchaki uchta harf, Uch nuqta... To'rt taraf, Bi | Aytilmagan gaplar

"Kel" deydi shunchaki uchta harf,
Uch nuqta...
To'rt taraf,
Bir manzil.
Mushtoqlik artibon shamshirin,
Hajrdin tin olsin dil tarzi.

"Kel" deydi sukutim hayqirib,
Sen uni tinglashni bilasan...
So'ng g'ussa yig'laydi ayqirib,
Boridan ayrilar ayriliq,
Kelasan...

Kelasan, ko'zingda bir sog'inch,
Rizolik, ham tana, ham ta'ma...
So'lim bog',
O'rindiq,
Bir kitob-
O'zidan norizo chegara...

G'alati...
Sog'inchli lahzalar,
Asrga do'nmoqqa qilgan ahd.
Shu taxlit yashayver umringni,
Qayerga shoshyapsan endi vaqt?

Bog'zimda sinadur xo'rsiniq,
Xorg'in bog' entikar sarosar...
Ketar chog' ortingga qayrilding...
Bunchalar go'zalsan arosat...

Ahadjon Ismoilov