Get Mystery Box with random crypto!

Sog‘in sigirlarni tug‘ruqdan keyin parvarishlash bo‘yicha tavs | AgroZamin

Sog‘in sigirlarni tug‘ruqdan keyin parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Sog‘in sigirlar tuqqandan keyin 10 kunga yaqin tug‘ruq xonada saqlanadi, sigir tuqqan zahoti 0,5-1,0 kg unsimon ozuqani (donlar yormasi, omixta yem) 8-10 kg suvda pishirib atala qilib berish tavsiya etiladi.

Shunday qilinganda sigir tug‘ish jarayonida tanasidan ter bilan yo‘qotgan suvni oladi va tez hazm bo‘ladigan atala uni energiya bilan taʼminlaydi, sigirning yo‘ldoshi tez tushadi. Tuqqan sigirga 2-3 kunligida xohlaganicha yuqori sifatli pichan va 1,0-1,5 kg omixta yem yoki donlarning yormasi beriladi. 4-5 kundan keyin sigirning ratsioniga shirali ozuqalar, yozda esa ko‘k o‘tlardan oz-ozdan qo‘shib 10-15 kun ichida sigir to‘liq ratsion asosida oziqlantira boshlanadi.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube