Get Mystery Box with random crypto!

️Tokzorlarda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalar joriy qi | AgroZamin

️Tokzorlarda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun respublika byudjetidan 100 mlrd. so‘mgacha subsidiya mablag‘lari ajratish yo‘lga qo‘yildi.

Zoidov Abror, Uzumchilikni rivojlantirish va intensiv agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i:

- Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tasarrufida jami 129 ming gektar tokzorlar mavjud. Shundan, 68 ming gektari (53%) va 61 ming gektari (47%) yosh tokzorlarni tashkil etadi. Tokzorlarning 46 ming gektari xo‘raki, 60 ming gektari kishmishbop, 23 ming gektari sanoatbop navlardan iborat.

Tokzorlarning 84 ming gektari (65%) yerda, 40 ming gektari (31%) shpalerda va 5 ming gektari (4%) voish usulida parvarish qilinmoqda.

Oxirgi uch yil davomida yangi uzumzorlarni barpo etishda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 86 ming gektar, shundan 2019 yilda 15 ming gektar, 2020 yilda 23 ming gektar va 2021 yilda 48 ming gektar maydonda uzumzorlar barpo etildi

WebsiteInstagramYouTube