Get Mystery Box with random crypto!

O‘LKAMIZDA BU MAVSUMDAGI ILK PAXTA OCHILDI Surxondaryoda xizm | Агро хаёт

O‘LKAMIZDA BU MAVSUMDAGI ILK PAXTA OCHILDI

Surxondaryoda xizmat safarida bo‘lib turgan ijodiy guruhimiz mana shunday sevinchli voqeaning guvohi bo‘ldi.

Ijodiy guruh Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abdumo‘min Jo‘raev” fermer xo‘jaligiga kelganda, fermer ularni xushxabar bilan kutib oldi – ayni shu kunlarda xo‘jalikda ilk paxta ochilibdi. Dalani aylanar ekansiz, g‘o‘zalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan ko‘sak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganligini anglaysiz.

“2023-yil mavsumida paxtaning “Sulton” elita navini ekkanmiz. Ekish ishlarini 19-mart kuni boshladik, o‘z vaqtida sug‘orib, agrotexnik tadbirlarini amalga oshirdik. Mana, natijasini ko‘rib turibsiz. Paxtaning barvaqt pishishi yig‘im-terim ishlarini erta boshlash va sifatli hamda mo‘l hosil olish imkonini beradi”, - deydi fermer Abdumo‘min Jo‘raev.

Ha, Surxon oftobining tafti va voha mirishkorlarining oqilona mehnati samarasi o‘laroq pishib yetilgan paxtalarni ko‘rar ekansiz, asta “yetkazganiga shukr”, deb qo‘yasiz.

#paxta #fermer_xojaligi #Surxondaryo

Vebsayt Telegram Facebook YouTube Instagram