Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT E'LON!!!! Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “ | Миграция агентлиги

DIQQAT E'LON!!!!

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Call-markazi”ni qayta tashkil etish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi!

Call-markaz xizmatlarini 24/7 kun davomida taqdim etish. Fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga vazirlik masalalari bo‘yicha nizomga muvofiq maslahatlar berish, vazirliklar va quyi tashkilotlar xodimlari bilan aloqa o‘rnatish, ofis xizmatlari, ishonch telefoni orqali murojaat va shikoyatlarni qabul qilish.

Tanlov uchun ajratilgan mablag‘ miqdori va uni moliyalashtirish manbai:
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 350 000 000,00 so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Tanlov 2022-yil 21-iyundan, 28-iyunga qadar “https://etender.uzex.uz/lots/1/0” portali orqali bo‘lib o‘tadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi