Get Mystery Box with random crypto!

​​“Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgni Toshkent va Sam | AEROPORT ✈️ vodiy

​​“Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgni Toshkent va Samarqand bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg — Toshkent va Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yoʻlovchi reysi 17 dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, reys 2022-yil 16-dekabrdan 20-dekabrga ko‘chirildi.

"Aeroflot — Rossiya havo yo'llari" shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, "Rossiya" aviakompaniyasi va "Pobeda" loukoster aviakompaniyalari kiradi.