Get Mystery Box with random crypto!

​​'Qeshm Air' aviakompaniyasi Toshkent va Samarqandga to‘g‘rid | AEROPORT ✈️ vodiy

​​"Qeshm Air" aviakompaniyasi Toshkent va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

22 dekabrdan Eronning "Qeshm Air" aviakompaniyasi Tehronni Oʻzbekistonning ikki shahri — Toshkent va Samarqand bilan bogʻlaydi.

Parvozlarning ochilishi O‘zbekiston va Eron rahbariyati o‘rtasida, joriy yil sentabr oyida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raiysining mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar samarasidir. Xususan, tashrif davomida Eron va O‘zbekiston o‘rtasida bir qator viza tartib-taomillarini soddalashtirish va sayyohlik oqimini kuchaytirishga qaratilgan turizm sohasida hamkorlik dasturi qabul qilindi.

22 dekabrdan Tehron — Toshkent — Olma-Ota-Tehron va Tehron — Samarqand — Tehron yoʻnalishlarida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Parvozlar qulay Airbus 320 samolyotlarida, dastlab haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Keyinchalik, yo‘lovchilar tomonidan yo'nalish ijobiy qabul qilinsa, reyslar sonini ko'paytirish rejalashtirilmoqda.

1993 yilda tashkil etilgan Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi boʻlib, mahalliy va xalqaro, shuningdek, charter yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi.