Get Mystery Box with random crypto!

Oson tushuntiradigan bo'lsam, notijorat tashkilotlari qachonki | Advokat Abdusamadov

Oson tushuntiradigan bo'lsam, notijorat tashkilotlari qachonki, tijoriy ish bilan shug'ullansa, QQS to'laydi, aks holda QQS to'lovchisi emas. Ammo soliq organlari yoppasiga NNTlarni QQS to'lovchisiga o'tkazib qo'ygan. Tijoriy tashkilot topshiradigan hisobot notijorat tashkilotdan ham talab qilinyapti.

Hattoki, QQS sertifikatini olib, hisobotlarni muddatdan oldindan topshirib qo'ymasang, tashkilotni qayta ro'yxatdan o'tkazib ham bo'lmayapti.
Advokaturamiz manzili o'zgargani uchun ustavni qayta ro'yxatdan o'tkazish maqsadida davlat xizmatlari markaziga bordim. Soliq bloklab qo'ygan, hisobot topshirmabsiz, advokaturangiz manzilini o'zgartirolmaymiz deyishdi. Hali hisobotgacha vaqt borku desam. Farqi yo'q, mana ko'ring, imkonimiz yo'q deyishdi. Doim topshiradigan hisobotlarni bu safar ertaroq topshirib, yana bordim. Bu safar aylanma soliqdan hisobotni topshirmabsiz deyishdi. Tuman soliqdan so'rasam, hammasi joyida. Siz notijoriy tashkilotsiz, tijoriy tashkilotlar topshiradigan hisobotni topshirmaysiz deyishdi, buxgalter ham shuni tasdiqladi. Biroq, "tepadan" soliqdagilar bog'lab qo'yishgan ekan. Bu soliqchilarimiz dastidan hech ish qilib bo'lmay qoldi.

@Advokat_maslahat