Get Mystery Box with random crypto!

Soliq Kodeksining mazmun mohiyatini noto'g'ri anglash ta'sirid | Advokat Abdusamadov

Soliq Kodeksining mazmun mohiyatini noto'g'ri anglash ta'sirida soliq organlarining xatti-harakatlaridan advokatura tuzilmalari aziyat chekmoqda. Amalda hisob-faktura yuborish uchun QQS sertifikati talab qilinmoqda. Advokat hisob fakturani yubora olmasa, hisob raqamiga pul tushmaydi. Pul tushmasa, soliqlar va ish haqini to'lash imkonsiz.

Ilojsizlikdan advokatlik tuzilmasi QQS to'lovchisiga aylansa, yuridik xizmat narxi oshib ketishi va advokatlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar soni ham kamayib ketishi mumkin. Soliq organlarining soliq qonunchiligiga mos kelmaydigan xatti-harakatlaridan norozi bo'lib yozilgan murojaat javobini kutyapmiz. Ungacha advokatura xodimlari ish haqisiz qolishiga to'g'ri kelmoqda.

Mazkur holat boshqa notijorat tashkilotlarida ham kuzatilmoqda. Azizlar, biron tanqidiy fikr bildirish ham shart emas. Soliqchilardan Soliq Kodeksiga rioya etishlarini kutib qolamiz.

@Advokat_maslahat