Get Mystery Box with random crypto!

Kichik ijod namunasini sizlar bilan bo'lishishni lozim topdik. | Advokat Abdusamadov

Kichik ijod namunasini sizlar bilan bo'lishishni lozim topdik.

Ha, bunday sinoat faqat senda bor,
Kel, yana tabassum hadya et, ey yor.
Bugun kamlik qildi, kamroq kulishdik
Ertaga kulgudan qarashib yubor.

Aslida men senga sodiq oshnaman,
Shu desang, diydorga qalbi tashnaman.
Birrovga nedandir g'ashlanib qolsam,
Iltimos, kulgudan qarashib yubor.

Xushomad qilguvchi do'stlaring bisyor,
Qaysi biri hushyor, qaysisi ag'yor.
Atrofda seni chin suyguvchi ham bor
Bir bora kulgudan qarashib yubor.

@Advokat_maslahat