Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-11-08 18:42:08
13 ноябрь куни Андижон шаҳрида “Янги нафас” югуриш мусобақаси ўтказилади

18 ноябрь - Давлат байроғи қабул қилинган кун муносабати билан 13 ноябрда мамлакатимизнинг кўплаб шаҳарларида, шунингдек, Андижон шаҳрида “Янги нафас” югуриш мусобақаси ўтказилади.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
1.1K views15:42
Ochish/sharhlash
2022-11-08 15:32:04
#Qutlov
#Universiada_golibi

UNIVERSITETIMIZ TALABASI STOL TENNIS BO'YICHA “UNIVERSIADA-2022” MUSOBAQASI G'OLIBI

Ma'lumki, Respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Universiada-2022" sport musobaqalariga start berilgan edi.

Joriy yilning 8-noyabr kuni “Universiada-2022” sport oʻyinlarining stol tennisi turi boʻyicha respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon viloyat sha'nini himoya qilgan Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Nomonoxunov Odiljon jamoa bahslarida ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib boʻlgan talabalar hamda ularning murabbiylarini ulkan gʻalaba bilan muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
2.2K views12:32
Ochish/sharhlash
2022-11-08 14:27:17
#Yoshlar_haftaligi
#Zakovat

TTJDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN TALABALAR OʻRTASIDA ZAKOVAT TURNIRI O’TKAZILMOQDA

Ayni damda Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan Yoshlar ittifoqi hamda TTJ bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi hamkorligida talabalar turar joyida yashovchi talabalar o’rtasida "Zakovat" intellektual oyini bo'lib o'tmoqda.

Tashkil etilgan intellektual bahsda 7 jamoa o’zlarining bilim, ko’nikma hamda mantiqiy, teran fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o’tkazmoqdalar.

Mazkur turnirda go'lib bo'lgan jamoalar "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan universitetda o'tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi. Jamoalarga omad tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
2.6K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-11-08 14:16:15#Qonunchilik_yangiliklari

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.

2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar.

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.3K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-11-08 14:12:22
Live
#Yoshlar_haftaligi
#Voleybol_musobaqasi

UNIVERSITETDA TALABA-QIZLAR O'RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI BO’LIB O’TMOQDA

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" hamda "Yoshlar haftaligi" doirasida 18 xil tanlov va musobaqalarga start berilgan edi.

Ayni vaqtda Andijon davlat universitetining 2-sport zalida ushbu haftalik doirasida fakultetlararo talaba-qizlar o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayni damda ushbu musobaqaning saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
1.5K views11:12
Ochish/sharhlash
2022-11-08 13:05:35
#Davra_suhbati

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI

Bugun, 8-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/2186

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
2.0K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-11-08 10:18:54
#Yoshlar_haftaligi
#Mini_futbol
#Dekan_kubogi

IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETIDA "YOSHLAR HAFTALIGI" DOIRASIDA "DEKAN KUBOGI" UCHUN TALABALAR O'RTASIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASIGA START BERILDI

Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat universitetining yozgi "Arena"sida "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" hamda universitetda "Yoshlar haftaligi" doirasida "Dekan kubogi" uchun talabalar o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqaga start berildi.

Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/2185

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
113 views07:18
Ochish/sharhlash
2022-11-08 08:48:24
#Diqqat_tanlov
#Talabalar_kuni

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR KUNIGA BAG'ISHLANGAN 18 XIL TANLOV VA MUSOBAQALARGA START BERILMOQDA

Andijon davlat universitetida fakultetlararo “Talabalik oltin davrim” mavzusida videoroliklar tanlovi

Tanlovga materiallar https://t.me/adutanlov telegram kanali orqali joriy yilning 14-noyabr sanaga qadar qabul qilinadi va 15-noyabr kuni tanlov natijalari e'lon qilinadi.

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Mazkur tanlov bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin. +998932535850

Talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Sizni bir-biridan ajoyib sovgʻalar kutmoqda.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
971 views05:48
Ochish/sharhlash
2022-11-07 22:03:14
#Uchrashuv

UNIVERSITETDA "TA'LIM SIFATIGA TA'SIR KO'RSATAYOTGAN SALBIY OMILLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI" MAVZUSIDAGI UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 7-noyabr kuni Andijon davlat universitetida Rustamjon Mullajonov "Ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan salbiy omillar va ularni bartaraf etish choralari" mavzusida tarix fakulteti professor-o'qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.

Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/2177

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
1.8K views19:03
Ochish/sharhlash
2022-11-07 17:25:56 #Diqqat_tanlov
#Talabalar_kuni

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR KUNIGA BAG'ISHLANGAN 18 XIL TANLOV VA MUSOBAQALARGA START BERILMOQDA

Talabalar o‘rtasida "Zakovatning quiz intellektual o‘yini, “UniversalQuiz” musobaqasi

Tanlovning o'tkazilish muddati 14-noyabr kuni soat 14:00 Andijon davlat universitetining 1-sonli oshxonasi.

Mas’ul: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi T.Moʻydinov, boʻlimi bosh mutaxassisi M.Jarkinboyev +998943803290 +998991170038

Talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yinining yakkalik turniri musobaqasi.

Tanlovning o'tkazilish muddati 9-noyabr kuni soat 13:00 da Andijon davlat universiteti axborot resurs markazida.

Turnir haqida batafsil

Ro'yxatdan o'tish uchun bosing.

Mas’ul: YOIMM boʻlimi bosh mutaxassisi M.Jarkinboyev +998991170038

Talabalar o‘rtasida “Davlatimiz bayrog‘i – faxrimiz, iftixorimiz” shiori ostida suratlar tanlovi

Tanlovning o'tkazilish muddati 12-noyabr kuni soat 13:00 da Andijon davlat universiteti katta majlislar zali.

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Mas’ul: San’atshunoslik fakulteti dekani Ch.Shokirova +998944357677

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida “Men tabiatni asrayman” shiori ostida koʻchat ekish ijtimoiy aksiyasi.

Tanlovning o'tkazilish hududi Andijon davlat universiteti

Mas’ul: Mas’ullar: barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Web-sayt Telegram Facebook Instagram YouTube
272 viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash